LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI

LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI

Authors

  • Abdulazizbek Qodirov Qo‘qon universiteti Andijon filiali dotsenti, f.f.f.d (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v18iC.1762

Keywords:

identitet, identitet inqirozi, “yo‘qolgan men”, lirik qahramon, lirik subyekt, poetik “men”, begonalashuv, xotira, diskurs, o‘zlik, istiqlol davri she’riyati, poetik tafakkur

Abstract

Maqolada XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi ijtimoiy, madaniy hamda ma’naviy o‘zgarishlar sharoitida lirik qahramon identitetining inqirozga yuz tutishi va “yo‘qolgan men” fenomenining badiiy-estetik tabiati tahlil qilinadi. Identitet inqirozining dastlab psixologiya, sotsiologiya va falsafa doirasida shakllangan nazariy tushuncha sifatidagi mazmuni ochib berilib, uning zamonaviy adabiyotshunoslikka ko‘chishi, xususan, lirik subyektni anglashdagi metodologik ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda E.Erikson, S.Hall, R.Bart, M.Fuko, M.Baxtin va P.Rikyor qarashlariga tayanilib, badiiy matndagi “men”ning barqaror va yaxlit mohiyat emas, balki til, xotira, madaniyat, tarix, diskurs va ijtimoiy rollar ta’sirida shakllanuvchi murakkab poetik subyekt ekanligi asoslanadi. “Yo‘qolgan men” tushunchasi shaxsning butunlay yo‘qolishi emas, balki avvalgi o‘zlik mezonlari bilan yangi hayot tajribasi o‘rtasidagi uzilish, ichki yaxlitlikning buzilishi va yangi identitetni izlash jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada identitet inqirozining she’riyatda yolg‘izlik, begonalashuv, ichki dialog, o‘z-o‘ziga savol berish, xotira, yo‘l, uy, shahar, ko‘zgu, soya, tun va sukut kabi obraz hamda motivlar orqali namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, istiqlol davri o‘zbek she’riyatida milliy o‘zlikni qayta anglash, tarixiy xotirani tiklash, globallashuv va yangi ijtimoiy muhit ta’sirida lirik “men”ning o‘zini izlash jarayonlari kuchaygani ta’kidlanadi. Natijada “yo‘qolgan men” fenomeni zamonaviy o‘zbek lirikasida shaxs va davr o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni, ruhiy parokandalikni hamda o‘zlikni qayta qurish ehtiyojini ifodalovchi muhim poetik hodisa sifatida baholanadi. Tahlil davomida lirik qahramon va real muallif o‘rtasidagi farq ham nazariy jihatdan aniqlashtirilib, poetik “men”ning matn ichida yaratiladigan estetik konstruksiya ekaniga alohida e’tibor qaratiladi. Shu asosda identitet inqirozining mavzu bilangina cheklanmay, obrazlar tizimi, nutq ohangi, kompozitsiya va ramziy qatlamda ham namoyon bo‘lishi asosiy muhim ilmiy xulosa sifatida ilgari suriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бахтин М. М. Проблемы поэтики Достоевского. – М.: Советская Россия, 1979. – С. 5–35.

2. Butler J. Gender Trouble: Feminism and the Subversion of Identity. – New York; London: Routledge, 1990. – 172 p.

3. Castells M. The Power of Identity. – 2nd ed. – Malden; Oxford: Wiley-Blackwell, 2010.

4. Dubar C. La socialisation: Construction des identités sociales et professionnelles. – Paris: Armand Colin, 2015. – 256 p.

5. Erikson E.H. Identity: Youth and Crisis. – New York: W.W. Norton & Company, 1968.

6. Giddens A. Modernity and Self-Identity: Self and Society in the Late Modern Age. – Cambridge: Polity Press, 1991.

7. Рикёр П. Я-сам как другой / пер. с фр. – М.: Издательство гуманитарной литературы, 2008. – С. 140–168.

8. Hall S. Cultural Identity and Diaspora // Identity: Community, Culture, Difference / ed. by J. Rutherford. – London: Lawrence & Wishart, 1990. – P. 222–237.

9. Barthes R. The Death of the Author // Image, Music, Text / trans. by S. Heath. – New York: Hill and Wang, 1977. – P. 142–148.

10. Foucault M. What Is an Author? // Language, Counter-Memory, Practice / ed. by D. F. Bouchard. – Ithaca: Cornell University Press, 1977. – P. 113–138.

Published

2026-06-18

Iqtiboslik olish

Qodirov , A. (2026). LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 18(C), 145–147. https://doi.org/10.54613/ku.v18iC.1762
Loading...