About the Journal
Qo‘qon universiteti xabarnomasi (“Вестник Кокандского университета – Kokand University Herald”) ilmiy-elektron jurnali Qo‘qon universiteti Kengashining qaroriga asosan tashkil etilib, 2020-yil 10-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №1138 raqami bilan ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shuningdek davlatlararo standartlar talabi asosida O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan jurnal uchun 2181-1695 ISSN-raqami olingan. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining 2022 yil 12 avgustdagi 321/4-son qaroriga muvofiq “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga Milliy nashr sifatida kiritilgan.
ISSN(Online): 2181-1695
Guvohnoma: №1131
DOI prefiksi: 10.54613
Jurnal faoliyatining asosiy maqsadi: Qo‘qon universiteti o‘qituvchilari va talabalarini zamonaviy ilg‘or qarashlar bilan tanishtirish, ilmiy faoliyatlarini jonlantirish, universitet ilmiy nufuzi va salohiyatini o‘stirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etishini kuchaytirish, tadqiqotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirish va ularni keng ommaga yetkazish.
Yo‘nalishlar:
- Tashqi savdo va investitsiya;
- Bank ishi;
- Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti;
- Raqamli iqtisodiyot;
- Turizm;
- Ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi;
- Mehnat iqtisodiyoti;
- Pedagogika;
- Filologiya.
Shuningdek, Qo‘qon universiteti xabarnomasi ilmiy elektron jurnali nufuzli ilmiy bazalarga kiritilgan. Ular:
CrossRef xalqaro ilmiy uyushmasi bilan xamkorlik tuzildi va ushbu bazada idekslanadigan va uyushma tomonidan har bir maqolaga DOI raqami beriladigan bo'ldi;
Google Scholar Jurnalda chop etilgan maqolalar Google kompaniyasining ilmiy bazasida to'gridan-to'g'ri indeks bo'ladi;
Index Copernicus OAK tomonidan nashr qilish tavsiya etilgan jurnallar to'plami 2019 ning 3-sahifasidagi 12-nufuzli baza hisoblanadi;
Researchbib OAK tomonidan nashr qilish tavsiya etilgan jurnallar to'plami 2019 ning 3-sahifasidagi 14-nufuzli baza hisoblanadi;
ResearchGate OAK tomonidan nashr qilish tavsiya etilgan jurnallar to'plami 2019 ning 3-sahifasidagi 14-nufuzli baza hisoblanadi.