Yo'riqnoma
Qo‘qon Universitetida Xabarnomasi ilmiy elektron jurnali uchun maqola yuborish talablari
- Maqolalar yozish tartibi IMRAD talablari asosida belgiladi va ular quyidagicha:
Maqolaning eng kam sahifasi: 10 sahifa.
Shrift: Times New Roman
Shrift o'lchami: 14 punkt
Qatorlar intervali: 1 punkt
Maydon: Chapdan 3 sm, o'ngdan 2 sm, yuqori va pastki qismlari 2 sm.
Jurnal tillari: рус, eng, о'zbek.
-
Maqolaning dastlabki qismi titul hisoblanadi(maqola nomi, muallif ma’lumotlari, bog‘lanish uchun na’lumotlar)
- Annotatsiya tadqiqot ishining qisqacha xulosasi. Unda tadqiqotning maqsadi, metodologiyasi, natijasi va xulosasi aks ettirilgan bo‘ladi. Bakalavr bosqichi talabalari yakuniy loyiha ishlari abstrakti 150-200 so‘z oralig‘ida bo‘lishi lozim.
Kirish qismi. Kirish qismi ikkiga bo‘linadi: 1) Maqolaning kirish qismi mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, muammosi va asoslarini hamda gipotezalarni o‘z ichiga oladi. 2) Adabiyotlar tahlili qismida mavzu doirasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan chop etilgan ilmiy tadqiqot ishlarini o‘rgangan holda ular haqida qisqa xulosalar berishi lozim bo‘ladi.
Metodologiya. Ushbu qismda maqolani amalga oshirayotgan izlanuvchi tadqiqotning natijalar qismini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan usullarni, foydalaniladigan ma’lumot bazalarini, talaba birlamchi ma’lumotlardan foydalanilgan taqdirda ushbu ma’lumotlarni shakllantirish usullarini, o‘zgaruvchilar tahlilini (agar ekonometrik modellardan foydalangan bo‘lsa) yoritadi.
Natijalar qismi. Maqolaning natijalar qismi eng asosiy qismlardan biri sanalib, ushbu qismda tadqiqotchi kirish qismida qo‘ygan savollariga javob topishi uchun hisobotlar taqdim etadi. Tadqiqotga tegishli bo‘lgan natijalar ushbu bo‘limda keltiriladi. Natijalar odatda biror shaklda va ko‘rinishda taqdim etiladi: jadvallar, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, chizmalar yoki matn ko‘rinishida. Rasmlarda qisqacha sharhlar, taqqoslashlar, statistik baholar keltiriladi. Bunda tadqiqotchi metodologiya qismida ko‘rsatgan tartibda ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
Muxokama qismi. Muxokama bo‘limi – maqolaning eng qiyin qismidir. Natijalar bo‘limida dalillar va faktlar keltirilsa, munozara bo‘limida muallifning fikrlari, g‘oyalari, tadqiqiqot davomidagi muammolari, amaldagi qo‘llanishi muhokama qilinadi. Muxokama bo‘limi ko‘proq nazariy, umumlashtiruvchi va umumiy muammoga oid bo‘lishi kerak. Muxokama bo‘limi bevosita amaliyot bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lishi lozim, chunki unda olingan natijalarning ahamiyati va ularni amalda qo‘llash muhokama qilinadi. Muxokama bo‘limi sizning fikrlaringiz va g‘oyalaringizni ifodalash uchun eng mos joy. Bu qismda talaba boshqa tadqiqotchilar bilan bahslashish, yangi gipoteza, fiklar, farazlar, nazariyalarni taklif qilishi mumkin. Agar gipoteza maqolaning kirish qismida shakllantirilgan bo‘lsa, unda muhokamada gipoteza tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligini yozish kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati. Adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida shakllantiriladi va APA uslubidan foydalaniladi. Matn ichidagi olimlar tomonidan berilgan fikrlar ko‘chirma gap sifatida kelganda, iqtiboslar APA uslubida beriladi.
Na’muna: Solidjonov, D. Z. (2021). The impact of social media on education: advantage and disadvantage. Экономикаисоциум, (3-1 (82)),284-288.
1)Muallifning familyasi, ismining va otasining ismi bosh harfi;
2)Nashr qilingan yil;
3)Nashrning sarlavhasi;
4)Qaysi jurnalda nashr qilinganligi;
5)Jurnalning qaysi sonida nashr qilinganligi;
6)Maqola jurnalning qaysi sahifasidan o’rin olganligi.
- Agar foydalanilgan adabiyotlar orasida qonunlar, qaror va farmonlar keltirilsa adabiyotlar ro‘yxatining dastlabki qismida keltiriladi va u quyidagicha:
- O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni. 11-dekabr 2003-yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-sonli Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-29-sonli Qarori.
- Foydalanilgan web-saytlar ro‘yxati quyidagi tartibda beriladi:
Foydalanilgan web-saytlar ro‘yxati:
http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).
- Maqoladada foydalanilgan jadvallar, diagrammalar va rasmlar namunada berilgan tartibda shakllantiriladi.
Jadval
1-jadval. Qo‘qon universiteti talabalari ro‘yxati
- Diagramma va rasmlar
1-rasm. Qo‘qon universiteti talabalari
- Maqola bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar, so‘rovnoma natijalari, hisobotlar, umumlashtirilgan jadvallar, grafiklar, rasmlar adabiyotlar ro‘yxati qismidan so‘ng keltiriladi
Jurnalda chop etish uchun, maqolalarni elektron shaklda, Maqola MS Word (.docx) formatida, muallifning shaxsiy elektron pochtasidan heraldku@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.