Konferensiya

					View 2023: RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI KONFERESNIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublika Prezidentining 5847-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalardan biri – ilmiy izlanish yutuklarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan fan sohalarini rivojlantirish, ya’ni xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilishiga xizmat qilishdir. Shu va boshqa tegishli farmonlarda va qarorlarda belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2023 yil 21- iyun kuni Qo‘qon universiteti “Raqamli texnologiyalar va matematika” kafedrasi “Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri” mavzusidagi xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar to’plamini e‘lon qiladi.

Konferensiya o'tish

					View 2023: Ta’lim sifati – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili konferensiyasi

Qo‘qon universiteti tomonidan 2023-"Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" munosabati bilan o‘tkazilgan “Ta’lim sifati – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili”  mavzusidagi konferensiya to‘plami chop etildi. Konferensiyada  yosh olimlar, tadqiqotchi talabalar o‘z taqdimot va ma'ruzalari bilan ishtirok etgan edilar. Konferensiya to‘plamida "Aniq va tabiiy fanlar ta’limida erishilgan yutuqlar va istiqbolli vazifalar”, “Barqaror rivojlanishni ta’minlashda iqtisodiyot, menejment va moliyaviy sohalarning o‘rni”, “Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda inson qadri va barkamol avlod shakllanishida pedagogika, psixologiyaning o‘rni”, "Filologiya fanlarini o‘qitish orqali ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlar", "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va texnika istiqbollari" kabi dolzarb 5 ta sho‘ba bo‘yicha spikerlarning maqolalari jamlandi. 

Konferensiya o'tish

Loading...