SAIDA ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA TAKROR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

SAIDA ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA TAKROR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Go‘zalxon Xo‘jamberdiyeva QDU 3 – kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1410

Keywords:

takrorlar, ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe‘l takrori, sintaktik figuralar.

Abstract

Ushbu maqolada Saida Zunnunova she’rlarida qo‘llangan takrorlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.   Adabiy tilning badiiy ifoda imkoniyatlari doirasida takror usuli muhim stilistik vositalardan biri hisoblanadi. Takrorlar badiiy matnga emotsional ta’sirchanlik, mazmuniy  aniqlik va estetik tuyg‘ularni uyg‘otish xususiyatlarini beradi.

Tadqiqotda takror hodisasining nazariy asoslari, uning reduplikatsiya bilan bog‘liqligi hamda takroriy so‘z va stilistik takror o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Takrorlarning badiiy matnda emotsional ta’sirchanlikni kuchaytirish, mazmuniy aniqlik va estetik ohangdorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Shoira she’rlarida uchraydigan fonetik, leksik-semantik va grammatik takrorlar, ularning gorizontal va vertikal ko‘rinishlari, shuningdek, ot, olmosh, fe’l takrorlari hamda so‘z birikmasi va jumla takrorlari alohida tahlil qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Hasanov A.Abdulla Qahhor hikoyalari tilining badiiyatini ta’minlovchi leksik vositalar. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. -Toshkent, 2009.

2. Muhammadjonova G.80-yillar oxiri, 90-yillar boshlari o‘zbek she’riyatining lingvopoetik tadqiqi. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - Andijon, 2003.

3. Saida Zunnunova. She’rlar. -Toshkent, 1982.

4. Tursunova O. O‘zbek tili fonetik birliklarining poetik imkoniyatlari. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. – Farg‘ona, 2019.

5. Toshxo‘jayeva Sh.Erkin A’zam asarlari lingvopoetikasi. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi.-Farg‘ona, 2017.

6. Yoqubjonova M. Badiiy matnlarda antitezaning qo‘llanilishi. O’zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar. - Toshkent, 2022.

7. Yo‘ldashev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. - Toshkent. 2007.

8. Shadiyeva D. Muhammad Yusuf she’riyati lingvopoetikasi. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish yozilgan dissertatsiyasi. - Toshkent, 2007.

Published

2026-01-15

Iqtiboslik olish

Xo‘jamberdiyeva, G. (2026). SAIDA ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA TAKROR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 228–230. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1410
Loading...