TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR MOHIYATIGA YONDASHUVLAR VA ULARNI DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v1i1.368Keywords:
turizm, diversifikatsiya, sayohat paketlari, geografik bozor, qulay tendentsiya, barqarorlik maqsadlari.Abstract
Hammamizga ma’lumki, xizmat ko’rsatish sohasi kam xarajat bilan yuqori daromad olish uchun eng yaxshi sohalardan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish sohalaridan turizm sohasi esa ayrim davlatlarda YaIM ko’rsatkichida birinchi o’rinda turishi, bu sohaga yaxshigina e’tibor qilib, yuqori daromad olishga undaydi. Turizm sohasi bilamizki, o’zida qanchadan-qancha xizmatlarni mujassam etadi, ya’ni xorijiy mehmonning yurtimizga kelganidan to uning o’z Vataniga qaytguniga qadar oladigan barcha xizmatlar jamlanmasidir. Turizm sohasini rivojlantirish transport infratuzilmasini, turistlarni joylashtirish va oziq-ovqat bilan ta’minlash, xususan, bu borada amaldagi me’yorlardan orqada qolayotgan qator sub’ektlarni takomillashtirish zarurati bilan chambarchas bog‘liq. O’zbekiston Respublikasida turizm sohasining jozibadorligini oshirish turizmni rivojlantirish markazlarining joylashuvini diversifikatsiya qilish va taklif etilayotgan turistik mahsulotlar turlarini ko'paytirish orqali amalga oshirilishi mumkin, ya'ni taklif etilayotgan hududiy turizm mahsulotlarining turlari va miqdorini oshirish. Turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning istiqbolli strategiyalaridan biridir.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2023 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.