RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TILGA TA’SIRI: RETRONIMLAR
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v1i1.362Keywords:
neologizm, onlayn, raqamli texnologiya, retronim, qayta nomlash.Abstract
Bugungi kunda texnologiyalardan ayro holda yashash mumkin emas. U hayotimizning barcha jabhalarini to‘liq qamrab oldi, desak adashmaymiz. Texnologiyalardan, ayniqsa raqamli texnologiyalardan turli maqsadlarda har kuni foydalanmoqdamiz. Hayotimizda uning paydo bo‘lishi turli sohalarda turmushimizning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi: insonlar bilan muloqotda geografik hudud uzoqligi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, har kuni ishga borib, ofisda o‘tirib ishlash majburiyati ozaymoqda, bank va to‘lov ishlari, hujjatlar bilan bog‘liq yumushlarni endi uyda hal qilmoqdamiz, onlayn kurslarda tahsil olib, uydan chiqmagan holda kasb va hunar o‘rganmoqdamiz. Bularning barchasi hayotimizda turli qulayliklarni yaratishi bilan birga tilimizda ham yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Chunki til va texnologiyani alohida tasavvur qilish mumkin emas. Texnologiyalarni yaratishda turli dasturlash tillaridan foydalanilsa, yaratilgan mahsulot tilning rivojlanishiga va uning neologizmlar bilan boyishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Hozirgi kunda jamiyatimizdagi yangi tushunchalarning barchasi eski tushunchalarning qayta nomlanishiga sabab bo‘lmoqda va natijada lug‘at boyligimiz retronimlar bilan boyishda davom etmoqda. Ushbu maqolada retronimlarning paydo bo‘lishida texnologiyaning tutgan o‘rni haqida fikr yuritamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati. (2010). Toshkent.
Sari I. (2013). Tilda qayta nomlash ehtiyoji: retronimlar. Turkbilig.
Xolmonova S. (2021). O‘zbek matbuotida qo‘llangan retronimlar. Middle European Scientifik Bulletin.
Yuldashev M. (2020). O‘zbek tilida retronimlar.
Yo‘ldoshev I. (2022). Millat tili – millat madaniyati.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2023 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.