DRAMADA ZAMON KONSEPSIYASI VA RAMZ-MOTIVLAR POETIKASI (Sarvar Azimovning “Zamon dramasi” misolida)

DRAMADA ZAMON KONSEPSIYASI VA RAMZ-MOTIVLAR POETIKASI (Sarvar Azimovning “Zamon dramasi” misolida)

Authors

  • Parizod Turopova JDPU dotsenti, f.f.f.d (PhD).

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1815

Keywords:

Sarvar Azimov, “Zamon dramasi”, zamon konsepsiyasi, dramatik konflikt, shaxs va tarix, ramz, motiv, g‘or, qorong‘ulik, yorug‘lik, ko‘z, buloq, tong, tuzoq, milliy xotira, siyosiy dramatizm

Abstract

Maqolada Sarvar Azimovning “Zamon dramasi” asarida zamon tushunchasining badiiy-falsafiy mohiyati, shaxs va tarix munosabati, siyosiy-ijtimoiy ziddiyatlarning dramatik ifodasi hamda ramz va motivlarning kompozitsion va ma’naviy-estetik vazifalari tahlil qilinadi. Asarda zamon voqealar kechadigan tarixiy muhit sifatidagina emas, balki insonning tanlovi, mas’uliyati, ishonchi, xatosi va kelajak oldidagi burchini belgilaydigan falsafiy-badiiy kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Aziz Kamol, Oyisha, Ota Darxon, Jamilabonu, Nurjahon, Sobir va Silviya obrazlari zamonning turli ma’naviy-ijtimoiy qirralarini ifodalovchi badiiy vositalar sifatida talqin etiladi. Shuningdek, g‘or, qorong‘ulik, yorug‘lik, ko‘z, buloq, tong, nihol, daraxt, tumor kabi ramzlar hamda zahar, tuzoq, xat, radio, tug‘ilish va o‘lim kabi motivlarning o‘zaro semantik aloqasi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida ramz va motivlar alohida badiiy detallar emas, balki asarning ichki harakatini ta’minlovchi yaxlit poetik tizim ekani aniqlanadi. Maqolada dramatik makon va vaqtning o‘zaro aloqasi, dialog hamda monologlarning zamon haqidagi qarashlarni shakllantirishdagi roli ham ko‘rib chiqiladi. Qahramonlarning individual nutqi orqali ularning tarixiy jarayonga munosabati, ichki ikkilanishlari va ma’naviy pozitsiyasi ochib beriladi. Asar kompozitsiyasida parallel voqealar, makonlar almashinuvi va axborot vositalarining qo‘llanishi turli tarixiy jarayonlarni yagona mazmuniy tizimga birlashtirishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, ramziy detallar dramatik voqealarni oldindan sezdirish, konfliktni kuchaytirish va finaldagi ma’naviy siljishni tayyorlash vazifalarini bajarishi aniqlanadi. Bunday poetik qurilish “Zamon dramasi”ning mazmunini muayyan tarixiy voqea doirasidan kengaytirib, insonning tarixiy xotira va kelajak bilan munosabatini yoritishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Умарова М. Тарихий драмада бадиий замон концепцияси: филол. фанл. номз. дисс. автореф. – Тошкент, 2011. – 24 б.

2. Умарова М. Тарихий драмада бадиий замон: Шекспир ва Фитрат. – Тошкент: Mumtoz so‘z, 2013. – 130 б.

3. Ризаев Ш. Маънавият манзиллари: пьесалар ва мақолалар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2008. – 316 б.

4. Хатамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – 190 б.

5. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2010. – 400 б.

6. Мотив тушунчаси ва унинг адабиётшуносликдаги талқинларига оид материал. https://slib.uz/article/3692

7. Шалыгина С. Г. Понятие «мотив» и его интерпретация в теории литературы и музыке // Социально-экономические явления и процессы. – 2001. – № 1 (035). – С. 250–254.

8. Мелетинский Е. М. Семантическая организация мифологического повествования и проблема создания семиотического указателя мотивов и сюжетов // Учёные записки Тартуского государственного университета. – Вып. 635. – Тарту, 1983. – С. 115–125.

9. Путилов Б. Н. Веселовский и проблемы фольклорного мотива // Наследие Александра Веселовского: исследования и материалы. – Санкт-Петербург, 1992. – С. 74–85.

10. Каримова Д. Ҳамон биздан ўч оляпти [Электрон ресурс]. – Кириш режими: https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/dilorom-karimova-hamon-bizdan-och-olyapti.html

11. Кучқоров О. Мотив тушунчаси ва унинг адабиётшуносликдаги талқинлари // Ilim hám jámiyet. – 2020. – № 2. – Б. 101–104.

12. Азимов С. Драмалар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1971. – 288 б.

13. Азимов С. Сайланма: 2 жилдлик. 1-жилд. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. – 352 б.

Published

2026-08-19

Iqtiboslik olish

Turopova, P. (2026). DRAMADA ZAMON KONSEPSIYASI VA RAMZ-MOTIVLAR POETIKASI (Sarvar Azimovning “Zamon dramasi” misolida). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(A), 216–219. https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1815
Loading...