ADABIY TA’LIMDA O‘QUV TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA DIDAKTIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1787Keywords:
adabiy ta’lim, o‘quv topshirig‘i, savol-topshiriq, mashq, an’anaviy topshiriq, pragmatik topshiriq, badiiy matn, mustaqil faoliyat, tanqidiy fikrlash, ijodiy tafakkur, adabiy-nutqiy ko‘nikma, kompetensiya, Blum taksonomiyasi, tahlil, sintez, baholash.Abstract
Mazkur maqolada adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarining o‘rni, mazmun-mohiyati, turlari va tavsifiy jihatlari tahlil qilinadi. O‘quv topshiriqlarining an’anaviy va pragmatik turlari, ularning mashqlardan farqli xususiyatlari hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, topshiriqlarni tuzishda o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, badiiy matnni o‘qib tushunish, tahlil qilish, munosabat bildirish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarini Blum taksonomiyasi asosida tizimlashtirishning metodik imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada topshiriqlardan samarali foydalanish adabiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim vositasi ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda o‘quv topshiriqlarining faqat bilimni mustahkamlovchi vosita emas, balki o‘quvchining badiiy matn bilan faol ishlashini ta’minlovchi metodik mexanizm sifatidagi imkoniyatlari ochib beriladi. O‘quv topshiriqlarini mazmun, maqsad, kognitiv murakkablik darajasi va bajarish usuliga ko‘ra tizimlashtirish orqali adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, matnni dalillar asosida talqin qilishi, estetik munosabat bildirishi hamda ijodiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslanadi. Shuningdek, topshiriqlarni oddiy reproduktiv faoliyatdan muammoli, tahliliy va ijodiy faoliyatga bosqichma-bosqich yo‘naltirishning didaktik samaradorligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari adabiyot darslari uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishda maqsadga muvofiqlik, izchillik, differensiallik, matnga tayanish va natijadorlik mezonlarini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Matchonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996. – 27 b.
2. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. – 392 b.
3. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning asoslari. // Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti: Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent: ToshDO‘TAU, 2018. – B. 36.
4. Hamroyev G‘. Ona tilidan o‘quv topshiriqlari tuzish metodikasi. – Toshkent: Donishman ziyosi, 2021. – 157 b.
5. Saidov M. O‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi: ped. fan. nomzodi diss. avtoref. – Toshkent: TDPU, 2000. – 25 b.
6. Hamroev G‘. Ona tili o‘qitishning samarali usullari. – Toshkent: Bayoz, 2018. – 18 b.
7. Rozikov O‘. R. va boshq. Didaktika. – Toshkent: Fan, 1997. – 256 b.
8. Болотова А. И. Рабочая тетрадь как средство развития познавательной самостоятельности при обучении математике младшего школьника: автореф. дис. ... канд. пед. наук: 13.00.02. – Москва, 2012. – 24 с.
9. Унт И. Э. Индивидуализация и дифференциация обучения. – Москва: Педагогика, 1990. – 197 с.
10. Леонтьев А. Н. Проблемы развития психики. – Москва: Педагогика, 1972. – 576 с.
11. Молдавская Н. Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – Москва: Педагогика, 1976. – 224 с.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.