SHE’RIYATDA MUHABBAT VA HIJRON KECHINMALARINING BADIIY TALQINI (Shuhrat ijodi misolida)

SHE’RIYATDA MUHABBAT VA HIJRON KECHINMALARINING BADIIY TALQINI (Shuhrat ijodi misolida)

Authors

  • Nodira Soatova Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, filologiya fanlari doktori.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1782

Keywords:

muhabbat, hijron, sog‘inch, ayriliq, armon, lirik qahramon, ruhiy kechinma, ramz, tabiat obrazi, xalqona tafakkur, psixologizm, badiiy talqin.

Abstract

Maqolada Shuhratning “Ikkimiz kezardik” va “Qarshimizdan soy chiqqanda” she’rlarida muhabbat, go‘zallik, ma’naviy mas’uliyat, ayriliq va hijron kechinmalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi Shuhrat she’riyatida muhabbat va hijron kechinmalarining badiiy talqinini aniqlash, lirik qahramon ruhiyatini ifodalashdagi badiiy vositalarni ochish hamda tabiat va ramziy obrazlarning poetik vazifasini belgilashdan iborat. Shu bois maqolada shoirning tabiat obrazlari, ramz, metafora, tashxis, antiteza, leksik va sintaktik takror, parallelizm kabi poetik vositalardan foydalanish mahorati yoritiladi. “Ikkimiz kezardik” she’rida gul, g‘uncha, bog‘ va “uvol” tushunchalarining axloqiy-estetik mazmuni, “Qarshimizdan soy chiqqanda” she’rida esa “sharob”, “g‘am-g‘ussa”, “hijron sahrosi” obrazlarining ramziy xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, shoirning muhabbatni faqat shaxsiy-hissiy munosabat emas, balki insonning axloqiy va ma’naviy qiyofasini belgilaydigan qadriyat sifatida talqin qilishi asoslanadi. Tahlil natijalari Shuhrat lirikasida muhabbat va hijronning bir-birini to‘ldiruvchi ruhiy holatlar sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Алдашева Ш. 70-90 йиллар ўзбек лирикасида тўртлик, саккизлик ва шеърий туркум табиати: Филол.фанл.фалс.докт.дисс – Тошкент., 2019.

2. Зуннунова С. Танланган асарлар.– Тошкент.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1976. – I том.

3. Жамол Камол. Шуҳрат шеърининг услубий хусусиятлари / Лирик шеърият. – Тошкент.: Фан, 1986

4. Шуҳрат. Адиб ижодига бир назар. – Тошкент.: Шарқ, 1998

5. Шуҳрат замондошлар хотирасида. – Тошкент.: Ўзбекистон, 2008

6. Шуҳрат. Ёшлигим тонгида сени учратдим. –Тошкент, 2017.

7. Шайхзода. М. Қалам ва бурч // Шарқ юлдузи. №5, 1967

8. Норматов У. Шуҳрат. – Тошкент.: Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1969

9. Soatova N. Adabiy ta’sir va badiiy mahorat. – Toshkent.: ZEBO PRINTS, 2025.

10. Соатова Н. Шуҳрат адабий меросида анъана ва маҳорат. –Toshkent.: “VNESHINVESTPROM”, 2022.

11. Soatova N. Shuhrat lirikasida badiiy ifoda tasvir vositalari // Ilm sarchashmalari. – Urganch: 2013. №10.

12. Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври ўзбек шеърияти. – Toshkent: Фан, 2007. – Б. 228.

Published

2026-08-19

Iqtiboslik olish

Soatova, N. (2026). SHE’RIYATDA MUHABBAT VA HIJRON KECHINMALARINING BADIIY TALQINI (Shuhrat ijodi misolida). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(A), 93–97. https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1782
Loading...