“ADABIYOT PARCHALARI” — JADID DAVRI MADANIY-MA’RIFIY TAFAKKURINING KO‘ZGUSI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1672Keywords:
Jadidchilik, “Adabiyot parchalari”, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, pedagogik tafakkur, milliy taraqqiyot, adabiy meros, ma’naviy tarbiya, o‘zbek adabiyoti, jadid adabiyotiAbstract
“Adabiyot parchalari” jadid davri ma’rifatparvarlik ruhini, milliy uyg‘onish g‘oyalarini hamda yangi pedagogik tafakkurni o‘zida mujassam etgan muhim adabiy manbalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada “Adabiyot parchalari” asarining jadid davri madaniy-ma’rifiy muhitidagi o‘rni, uning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati hamda milliy o‘zlikni anglash jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Asarda ilgari surilgan ilm-ma’rifat, axloqiy komillik, milliy taraqqiyot va zamonaviy fikrlashga oid qarashlar jadidchilik harakatining asosiy maqsadlari bilan uyg‘un holda o‘rganiladi. Shuningdek, “Adabiyot parchalari”ning o‘zbek pedagogik tafakkuri va adabiy-estetik qarashlar rivojidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot davomida tarixiy-qiyosiy, tahliliy va tavsifiy metodlardan foydalanildi. Maqola natijalari jadid adabiy merosining bugungi milliy ta’lim va ma’naviy tarbiya tizimidagi dolzarbligini yoritishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalari “Adabiyot parchalari” asarida jadidlarning inson kamoloti, milliy taraqqiyot va ma’naviy uyg‘onishga oid qarashlari izchil ifodalanganini ko‘rsatdi. Asardagi pedagogik va ma’rifiy g‘oyalar yosh avlodni ilm-fanga muhabbat, axloqiy yetuklik hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada asarning badiiy-estetik xususiyatlari ham tahlil qilinib, undagi ma’rifatparvarlik ruhining bugungi ta’lim va tarbiya jarayonidagi dolzarbligi asoslab beriladi. “Adabiyot parchalari” jadid adabiyotining xalq ma’naviyati va pedagogik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rnini yorituvchi muhim tarixiy-adabiy manba sifatida baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – 25-b.
2. Karimov N. Jadid adabiyoti va milliy tafakkur. – Toshkent: Sharq, 2001. – 41-b.
3. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004. – 18-b.
4. Yuldashev Sh. Jadid adabiyotining badiiy-estetik xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2010. – 56-b.
5. Alimuhamedov D. Jadid merosi va zamonaviy ta’lim. – Toshkent: Tafakkur, 2018. – 33-b.
6. Nilufar, J. (2023). ASHURALI ZOHIRIY “YURT” JURNALINING MATBUOTIMIZ TARAQQIYOTIDAGI ROLI. World of Philology, 2(2), 41-45.
7. Nilufar, J. (2022). TIL MILLATNING JON BULOG ‘I. World of Philology, 1(2), 61-65.
8. Qosimov. B Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti,-2004,-T,; Ma’naviyat.123-bet.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.