SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ADAPTIV TA’LIM PLATFORMALARI VA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA RIVOJI

SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ADAPTIV TA’LIM PLATFORMALARI VA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA RIVOJI

Authors

  • Kamolaxon Oripova Qo‘qon davlat universiteti o‘qituvchsi (PhD).
  • Zeboxon Hamdamova Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1623

Keywords:

sun’iy intellekt, adaptiv ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kommunikativ kompetensiya, AI personalization, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, o‘quv jarayoni, ta’lim texnologiyalari

Abstract

Mazkur maqolada talabalarning individual xususiyatlari va bilim darajasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishda sun’iy intellektga asoslangan moslashuvchan (adaptiv) platformalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalari yordamida, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning zamonaviy metodik yondashuvlari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda amaliy qo‘llash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, mazkur tadqiqotda sun’iy intellektga asoslangan adaptiv platformalarning faqat ta’lim samaradorligini oshirish emas, balki talabalarning mustaqil o‘qish madaniyatini shakllantirish, reflektiv fikrlashini rivojlantirish hamda raqamli muhitda muloqotga kirishish ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi o‘rni ham alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AI texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi o‘quvchilarda individual yondashuv asosida bilim olish motivatsiyasini kuchaytiradi, shuningdek, kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlari — tinglab tushunish, og‘zaki va yozma nutq, hamda interaktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, maqolada adaptiv platformalarning pedagogik diagnostika imkoniyatlari, ya’ni talabaning bilimdagi bo‘shliqlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan algoritmik yondashuvlari ham tahlil qilingan. Bu esa ta’lim jarayonini yanada shaxsga yo‘naltirilgan va samarali qilish imkonini beradi. Natijada, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim texnologiyalari zamonaviy ta’lim paradigmasida nafaqat texnik innovatsiya, balki pedagogik jarayonni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiquvchi strategik vosita sifatida baholanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. UNESCO. Guidance for Generative AI in Education and Research. Paris: UNESCO, 2023. 44 p.

2. OECD. AI and the Future of Skills, Volume 1: Capabilities and Assessments. Paris: OECD Publishing, 2021. 326 p.

3. Holmes W., Bialik M., Fadel Ch. Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications for Teaching and Learning. Boston: Center for Curriculum Redesign, 2019. 228 p.

4. Hymes D. H. On Communicative Competence // Pride J. B., Holmes J. Sociolinguistics: Selected Readings. Harmondsworth: Penguin, 1972. P. 269–293.

5. Chomsky N. Aspects of the Theory of Syntax. Cambridge: MIT Press, 1965. 251 p.

6. Canale M., Swain M. Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second Language Teaching and Testing // Applied Linguistics. 1980. Vol. 1, No. 1. P. 1–47.

7. Canale M. From Communicative Competence to Communicative Language Pedagogy // Richards J. C., Schmidt R. W. Language and Communication. London: Longman, 1983. P. 2–27.

8. Vygotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge: Harvard University Press, 1978. 159 p.

9. Piaget J. The Psychology of Intelligence. London: Routledge, 2001. 182 p.

10. Luckin R., Holmes W., Griffiths M., Forcier L. B. Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education. London: Pearson, 2016. 60 p.

Published

2026-04-17

Iqtiboslik olish

Oripova, K., & Hamdamova , Z. (2026). SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ADAPTIV TA’LIM PLATFORMALARI VA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA RIVOJI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 18, 204–206. https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1623
Loading...