XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA KADRLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1610Keywords:
globallashuv, raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari, kadrlar tayyorlash, zamonaviy ta’lim, samaradorlik, raqobat, mijoz.Abstract
Ushbu maqolada globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xizmatlar sohasi bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilashda, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda jamiyat farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur sohada raqobatbardoshlikni ta’minlash masalasi birinchi navbatda inson omili, ya’ni yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar salohiyatiga bevosita bog‘liqligi asoslab berilgan. Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Xususan, kadrlarning kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, innovatsion fikrlash qobiliyati, kommunikativ malakalari hamda moslashuvchanlik darajasi ularning mehnat bozoridagi raqobat ustunligini belgilovchi asosiy omillar sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar va amaliyot uyg‘unligi orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada xorijiy olimlarning xizmatlar sohasi raqobatbardoshligi va inson resurslarini rivojlantirishga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning zamonaviy iqtisodiy sharoitlarga mos jihatlari ochib berilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash jarayonlarida amalga oshirilayotgan islohotlar xizmatlar sohasi ehtiyojlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish kompleks yondashuvni talab etadi. Ya’ni, ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va davlat siyosati o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash muhim hisoblanadi. Natijada, xizmatlar sohasining barqaror rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligi oshishi ta’minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Дихтль Е., Хершген Х. Практический маркетинг. – М.: Высшая школа, ИНФРА-М, 1996. – 232–239 b.
2. Emerson Wagner Mainardes, João M. Ferreira. Creating a competitive advantage in Higher Education Institutions: proposal and test of a conceptual model. International Journal of Management in Education, 2011. – 5(2/3), 45–67 b.
3. Mazzarol T., Soutar G. N. Sustainable Competitive Advantage for Educational Institutions: a Suggested Model. International Journal of Educational Management, 1999. – 13(6), 287–300 b.
4. Яшин Н. С. Конкурентоспособность промышленного предприятия: методология, оценка, регулирование. – Саратов: СГЭА, 1997. – 87 b.
5. Яшин Н. С. Конкурентоспособность промышленного предприятия: методология, оценка, регулирование. – Саратов: СГЭА, 1997.
6. Сафиуллин Л. Н., Сафиуллин Н. З. Конкурентоспособность: теория и методология. – Казань: Центр инновационных технологий, 2008. – 156 b.
7. Фатхутдинов Р. А. Управление конкурентоспособностью организации (3-е изд.). – М.: Маркет ДС, 2008. – 145 b.
8. Гапоненко А. Л., Панкрухин А. П. Общий и специальный менеджмент. – М.: РАГС, 2001. – 63 b.
9. Kotler P., Keller K. L. Marketing Management. – Pearson Education, 2016. – 112 b.
10. Drucker P. F. Management: Tasks, Responsibilities, Practices. – Harper & Row, 1973. – 76 b.
11. Bell D. The Coming of Post-Industrial Society. – Basic Books, 1973. – 54 b.
12. Becker G. S. Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis. – Chicago University Press, 1993. – 93 b.
13. O‘rinov A., Qosimov M. Xizmat ko‘rsatish sohasida inson resurslarini boshqarish. – Toshkent, 2020. – 68 b.
14. Rahimov Z. K. Aholi farovonligi va xizmatlar sohasi rivoji. – Samarqand, 2023. – 102 b.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.