GIDROLIZLANUVCHI TANINLARNING KARDIOPROTEKTOR XUSUSIYATLARINI KARDIOMARKER FERMENTLAR ORQALI BAHOLASH

GIDROLIZLANUVCHI TANINLARNING KARDIOPROTEKTOR XUSUSIYATLARINI KARDIOMARKER FERMENTLAR ORQALI BAHOLASH

Authors

  • Hayotbek Karimjonov Qo‘qon universiteti Andijon filiali Normal va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti v.b., biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
  • Azizbek Mutalipov Qo‘qon universiteti Andijon filiali Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1407

Keywords:

Kardiomarker, Kreatinfosfokinaza, Aspartataminotransferaza, Alaninaminotransferaza, Laktatdegidrogenaza, yurak ishemik kasalliklari, miokard hujayralari.

Abstract

Ushbu tadqiqot gidrolizlanuvchi taninlarning ishemik yurak shikastlanishida kardioprotektiv faolligini kardiomarker fermentlar dinamikasi orqali baholashga qaratildi. Gidrolizlanuvchi taninlar polifenolik tuzilishga ega bo‘lib, ularning yuqori antioksidant salohiyati hujayra membranasini erkin radikallarning shikastlovchi ta’siridan himoyalashda muhim omil hisoblanadi. Miokard ishemiyasi sharoitida hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshishi natijasida CK-MB, LDH va AST kabi diagnostik fermentlarning qon zardobiga ajralib chiqish darajasi keskin ortadi. Shu bois ushbu fermentlarning faolligi taninlarning kardioprotektiv samaradorligini baholash uchun sezgir biokimyoviy marker sifatida tanlandi.

Tadqiqotda gidrolizlanuvchi taninlarning antioksidant, antigipoksant va membranastabilizator xususiyatlari miokard to‘qimalarida oksidlovchi stress darajasini pasaytirishi, kaltsiy gomestazini me’yorlashtirishi hamda mitoxondriyal funksional barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashi orqali namoyon bo‘lishi aniqlandi. Shuningdek, taninlar ishemiyaga uchragan miokard hujayralaridan fermentlarning plazmaga chiqib ketishini cheklashi, lipid peroksidlanishi mahsulotlari hosil bo‘lishini kamaytirishi hamda miokard nekrozi jarayonining chuqurlashuvini sekinlashtirishi ko‘rsatildi.

Olingan natijalar gidrolizlanuvchi taninlarning yurak ishemik shikastlanishida biokimyoviy ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish orqali kardioprotektiv ta’sir ko‘rsatishini, ularning potensial fitopreparat sifatidagi ahamiyatini va eksperimental kardioproteksiya modellarida qo‘llanish imkoniyatlarini ilmiy asoslaydi. Tadqiqot kardiomarker fermentlar yordamida taninlarning himoya mexanizmini baholashning samarali usul ekanini tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gayibov, U. G., Gayibova, S. N., Abduazimova, D. S., Rakhimov, R. N., Ruziboev, H. S., Xolmirzayeva, M. A., ... & Aripov, T. F. (2024). Antioxidant and cardioprotective properties of polyphenolic plant extract of Rhus glabra L.

2. Sayidaliyeva, R., Kadirova, S., Zaynabiddinov, A., Abdullaev, I., Makhmudov, L., Gayibov, U., ... & Karimjonov, H. (2025). A-51 as A Natural Calcium Channel Blocker: An Integrative Study Targeting Hypertension. Trends in Sciences, 22(11), 10760-10760.

3. Guide for the Care and Use of Laboratory Animals. National Research Council, 2011.

4. Cingolani H.E., Ennis I.L. Sodium–hydrogen exchanger, cardiac overload, and myocardial hypertrophy // Circulation. – 2007. – V.115. – P.1090–1100.

5. Karimjonov H., Gaibov U. Rhus glabra o ‘simligidan ajratib olingan ps-5 moddasining kardioprotektorlik xususiyatlarini baholash //talqin va tadqiqotlar. – 2023. – т. 1.

Published

2026-01-15

Iqtiboslik olish

Karimjonov, H., & Mutalipov , A. (2026). GIDROLIZLANUVCHI TANINLARNING KARDIOPROTEKTOR XUSUSIYATLARINI KARDIOMARKER FERMENTLAR ORQALI BAHOLASH. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 216–219. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1407
Loading...