“XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI

“XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI

Authors

  • Zuhra Yuldasheva O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1309

Keywords:

doston, “Xoldorxon” dostoni, takror, lingvopoetika, leksik takror.

Abstract

Maqolada leksik takrorning “Xoldorxon” dostonidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Ushbu maqolada Go‘ro‘g‘li turkumiga mansub “Xoldorxon” dostonidagi leksik-semantik takroriy shakllarning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida epanalepsis, sinonimik va antonimik takror, halqasimon takror kabi birliklarning badiiy matndagi funksional o‘rni o‘rganildi. Takror san’ati doston nutqining musiqiyligi, ritmik uyg‘unligi va emotsional ta’sirchanligini ta’minlashda muhim vosita ekanligi asoslab berildi. Takror tushunchasi tilda ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ba’zi so‘z va unsurlarning qayta qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi. Takror va takroriylik adabiy matn tashqarisida, bizni qurshab turgan olamdagi jismlararo munosabatlarda ham mavjud. Hatto hayotimizning har qirrasida muntazamlikni ta’minlovchi, murakkablikni bartaraf qiluvchi beminnat vosita sifatida duch kelamiz. Takror keng ma’noda odam va olam bilan bog‘liq tushuncha va mavjudlikning nomi hisoblanadi. Dostondagi takrorlar orqali qahramonlar xarakteri, yaxshilik va yomonlik qarama-qarshiligi, jang manzaralarining dinamikasi kuchaytiriladi. “Xoldorxon” dostonining nasriy va she’riy qismlarida takrorlar o‘ziga xos stilistik yukni bajarib, epik nutqning badiiy-estetik qimmatini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, leksik-semantik takroriy birliklar doston kompozitsiyasining uzviy qismi bo‘lib, folklor nutqining ritmik-intonatsion yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yo‘ldoshev, M., Yadgarov, Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent, 2007.

2. Yo‘ldoshev M. Badiiy tarjimada lisoniy transformatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari. Vol. 6 No. 2 (2025): Educational Yield Insights & Breakthroughs.

3. Quronov, D., Mamajonov, Z., Sheralieva, M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – B. 355.

4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. J. II. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – B. 266.

5. Abdupattoev, M.T. O‘zbek tilining poetik sintaksisi: Filol. fan. dokt. (DSc) … diss. – Farg‘ona, 2021. – 162 b.

6. Solijonov, Y., Mo‘minov, S. Badiiy asarlarda ismning ayrim funksiyalari // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1984. – № 2. – B. 44–49.

7. Toshmatov, X.Q. Xalq dostonlarida metafora // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2001. – № 4. – B. 56–60.

8. To‘ychiboyev, B. “Alpomish” va xalq tili. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 2000. – 160 b.

9. Usmonova, Sh. Olamning lisoniy manzarasini yaratishda o‘xshatishlarning o‘rni // Sharqshunoslik / Vostokovedenie / Oriental Studies. – Toshkent, 2015. – № 1. – B. 76–81.

10. Shoabduraxmonov, Sh. O poeticheskix osobennostyax yazыka poemы «Ravshan» Ergasha Djumanbulbul oglы // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1970. – № 10. – S. 24–27.

11. Shoabdurahmonov, Sh. Ergash Jumanbulbul dostonlarida ifoda va tasviriylik // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970. – № 5. – B. 43–50.

12. Shoabdurahmonov, Sh. “Ravshan” dostonining tili haqida // Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o‘rni to‘plami. – Toshkent, 1971. – 2-kitob. – B. 146–172.

13. O‘rinboyeva, D. Dostonlar tilida frazeologik birliklar // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2007. – № 6. – B. 87–90.

14. O‘rinboyeva, D. Folklor asarlari tilida matnni to‘ldirish koeffitsientini aniqlash // Stilistika va pragmatika. – 1-qism. – Samarqand, 2010. – B. 158–160.

Published

2025-11-10

Iqtiboslik olish

Yuldasheva , Z. (2025). “XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 16, 81–83. https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1309
Loading...