XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA OMILLI TAHLILNI QO‘LLASH ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH IMKONIYATLARI

XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA OMILLI TAHLILNI QO‘LLASH ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Mohira Umurova SamISI tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1303

Keywords:

Omilli tahlil, nisbiy miqdor, mutlaq miqdor, muvozanat usuli, an’anaviy usullar.

Abstract

Ushbu maqolada muhim iqtisodiy tarmoqlardan biri bo‘lgan xizmatlar sohasini rivojlantirishda, xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan tahlil jarayonlaridan bir bo‘lgan omilli tahlil usulini qo‘llash hamda bu usul orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini tahlil qilishda qo‘llaniladigan taqqoslama va omilli tahlil usullarining nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Avvalo, xizmatlar hajmi va moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘tgan davrlarga nisbatan o‘zgarishini baholashga qaratilgan taqqoslama tahlilning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Shundan so‘ng natijaning dinamik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholash imkonini beruvchi omilli tahlilning mohiyati ochib beriladi. Maqolada iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar – solishtirish, mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hamda muvozanat usulining xizmat ko‘rsatish korxonalarida qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Ayniqsa, qayta hisoblash usulining ikki omilli modellarda (asosiy kapital va uning samaradorligi) xizmat hajmiga ta’sirini aniqlashdagi qo‘llanilishi misollar orqali asoslab beriladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ichki imkoniyatlarni aniqlash, resurslardan foydalanishni optimallashtirish hamda raqobatbardoshlikni oshirishda omilli tahlilning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlanadi. Yakunda iqtisodiy tahlilsiz korxona faoliyatiga chuqur baho berish va kelgusiga mo‘ljallangan strategik qarorlarni qabul qilish imkoniyati cheklanishi qayd etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Muhammedov M.M. Xizmat ko‘rsatish sohasi va turizmni rivojlantirishning nazariy asoslari. – Samarqand, 2007.

2. Pardayev M.Q. Ochilov I.S. Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida samaradorlikni oshirish yo‘llari. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011. – 172 b.

3. Abulqosimov X. va boshqalar. Erkin iqtisodiyot tamoyillari. – Toshkent: Akademiya, 2005. – 52 b.

4. Котлер Ф. Основы маркетинга. – Москва: Прогресс, 1993.

5. Волгин А.П. Управление персоналом. Теория и практика. – Москва. Проспект, 2011. – 688 с.

6. Ochilov I.S. Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida samaradorlikni oshirish yo‘llari. Iqtis. fan. nomz. … diss. aftoref. – SamISI, 2010.

7. Mirzayev Q.J., Sharipov T.S., Sultonov Sh.A., Mustafoyev G‘.S., Fayziyev E.S. Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. – Toshkent, 2022.

Published

2025-11-10

Iqtiboslik olish

Umurova , M. (2025). XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA OMILLI TAHLILNI QO‘LLASH ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH IMKONIYATLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 16, 66–68. https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1303
Loading...