BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA KORREKSION-LOGOPEDIK ISHLAR
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1297Keywords:
duduqlanish, etiologiya, anatomo-fiziologik omillar, sotsial-ruhiy sabablar, irsiyat, psixik travma, nerv tizimi, motorika buzilishlari, logopedik ritmika, korreksion-pedagogik ish, musiqiy-harakat mashqlari, iteratsiya, nutqiy rivojlanish, kinestetik funksiyalar.Abstract
Ushbu maqolada duduqlanishning kelib chiqish omillari, uning anatomo-fiziologik hamda sotsial-ruhiy sabablariga oid ilmiy qarashlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Duduqlanishning paydo bo‘lishida irsiyat, markaziy nerv sistemasining funksional yetilmaganligi, infeksion va somatik kasalliklar, psixik travmalar, oiladagi noqulay sharoit va noto‘g‘ri nutqiy tarbiya kabi omillarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqotlarda “zamin” va “zarba” omillarining farqlanishi, ularning duduqlanishni yuzaga keltirishga bo‘lgan bevosita hamda bilvosita ta’siri ilmiy asosda ochilgan, olingan xulosalarda foydalanilgan. Duduqlanuvchi bolalarda umumiy va artikulyatsion motorika buzilishlari, harakatlarning muvofiqlashtirilmaganligi, muskullar tonusi o‘zgarishlari va kinestetik funksiyalar zaifligi haqida mutaxassislar fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, logopedik ritmikaning duduqlanishni korreksiyalashdagi ahamiyati, nutqiy va musiqiy-harakat mashqlari orqali nafas, motorika, muvozanat, irodaviy boshqaruv kabi funksiyalarni rivojlantirishning metodik asoslari ko‘rsatib berilgan. Diqqatni faollashtiruvchi mashqlar, musiqaning ritmik va emotsional ta’siri hamda o‘yin elementlaridan foydalanish duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshiruvchi muhim vosita sifatida ta’riflanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Миронова С. Планирование логопедической работы с заикающимися детьми. – Москва. 1999 . – 45 с.
2. Пўлатова Х.М. Логопедик ритмика. – Тошкент, 2014.
3. Логопедия. /Под ред. Л.С. Волковой., С.Н. Шаховской. – М., 2013.
4. Самойленко Н. С. Заикание у детей: диагностика и коррекция. – Москва: Владос, 2012. – 256 с.
5. Гитар Б. Заикание: этиология и лечение. – Санкт-Петербург: Речь, 2007. – 432 с.
6. Волкова Г. А. Логопедия: нарушения речи у детей. – Москва: Академия, 2019. – 368 с.
7. Шматко Д. М. Логоритмика в системе коррекции речи. – Москва: Владос, 2015. – 192 с.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.