USLUB VA UNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1245Keywords:
uslub, til, mahorat, biografiya, dunyoqarash, tasnif, davr, badiiyat.Abstract
Ushbu maqolada uslub tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish jarayoni va adabiyotshunoslikdagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Uslub badiiy asarning estetik qiymatini belgilovchi, muallifning dunyoqarashi, tafakkuri hamda individual mahoratini namoyon etuvchi eng muhim badiiy omil sifatida talqin etiladi. Muallif adabiy asar yaratilishida uslubning muhim estetik hamda individual belgi sifatidagi funksiyasini yoritadi. Maqolada adabiyotshunos olimlar –V. Vinogradov, I. Galperin, N. Mallayev, A. Rasulov kabi tadqiqotchilarning uslub haqidagi ilmiy qarashlari solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan. Shuningdek, yozuvchi uslubining shakllanishida til vositalarining o‘rni, ularning ma’no va ifoda imkoniyatlari tahlil etilib, uslubning milliy adabiy jarayondagi ahamiyati yoritilgan. Muallif uslubni faqat til hodisasi emas, balki badiiy tafakkur mahsuli sifatida baholab, uning adabiyotshunoslikdagi o‘rganilish masalalariga yangicha yondashuv taklif etadi. Adabiyotshunos uslubining shakllanishida muhim bo‘lgan olim, tili, mahorat, tajriba, davr, iste’dod singari elementlarning ahamiyati xususida so‘z boradi. Maqolada badiiy matnning uslubiy xususiyatlarini aniqlash, ularni tahlil qilish metodlari ham ilmiy asosda yoritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Apacтy. Пoэтикa. Axлoқи кaбиp. Pитopикa. – Тoшкeнт: Янги acp aвлoди, 2011. – Б.20.
2. Н.Гapтмaн. Эcтeтикa, М., Изд-вo инocтpaннoй литepaтype, 1958, С.167.
3. Ян Пapaндoвcкий. Cўз кимёcи - Тoшкeнт: Янги acp aвлoди, 2022. — Б.329.
4. М. Вepли. Oбщee литepaтypoвeдeниe, M., Изд-вo инocтpaннoй литepaтypы, 1957. – С.85.
5. Boltaboyev H. Nasr va uslub. – Toshkent: Fan, 1992. – B.59.
6. Coкoлoв A.Н. Тeopия cтиля. – Мocквa: Иccкycтвo, 1968. – C.4.
7. Винoгpaдoв B. Пpoблeмa aвтopcтвa и тeopия cтилeй М., Гocлитиздaт, 1961, – C.7.
8. Фитpaт A. Aдaбиёт қoидaлapи: Aдaбиёт мyaллимлapи ҳaм aдaбиёт ҳaвacлилapи yчyн / Нaшpгa тaйёpлoвчи, cўзбoши вa изoҳлap мyaллифи: Бoлтaбoeв Ҳ. – Тoшкeнт: Ўқитyвчи, 1995. – Б.10.
9. Kobilova, Z. (2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al-Ghazali. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 173-176.
10. Qodirov, A. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM KATEGORIYASI SIFATIDA. University Research Base, 857-860.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.