TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v12i.988Keywords:
Tijorat banklari, tadbirkorlik sub’ektlari, bazaviy stavka, yuqori daromad, transparensiya, moliyaviy mudofaa;Abstract
Ushbu maqolada tijorat banklarida ipoteka kreditlash amaliyotining huquqiy asoslari batafsil tahlil qilinadi. Ipoteka kreditlash tizimi tijorat banklarining asosiy moliyaviy xizmatlaridan biri bo‘lib, mamlakat aholisini uy-joy va boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ipoteka kreditlash tizimini huquqiy bazasidagi kamchiliklarni o‘rganish imkoniyatini beradi. Maqolaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ipoteka kreditlash bo‘yicha asosiy qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish va ushbu sohadagi muammolarni aniqlashdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin aholini ijtimoiy himoyalash, arzon uy joy bilan ta’minlash mamlakat hukumati oldida to‘rgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Ipoteka kreditlash jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uning huquqiy bazasini yaratish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ipoteka kreditlash jarayoni huquqiy asosini jarayon qatnashchilari huquq va majburiyatlarini belgilab berish va himoya qilishdan iboratdir. Mamlakatimizda ipoteka kreditlash jarayonini tashkil etishda dastlabki qadamlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9 dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-son Qonuni va 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-son Qonunilarida qo‘yildi. Ushbu Qonunlarning ishlab chiqilishi nafaqat davlat tomonidan ipoteka kreditlash jarayonini tartibga solinishiga, balki ijtimoiy hayotni yaxshilashga xizmat qildi. Qonunlarda ipoteka kreditlash jarayoni qatnashchilari huquq va majburiyatlari, kreditlash shartlari, garov tushinchasi yoritib berildi. Xususan, aholi soni uy-joyga bo‘lgan talabni belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda aholi sonining 1 foizga ko‘payishi uy-joyga bo‘lgan talabning 0,8 foizga ortishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Rajabov A. “Bank ishi va kreditlash”. Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2018.
Ismailov B. “Moliyaviy huquq”. Toshkent: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2019.
Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020.
Ismoilova N. “Bank tizimida ipoteka kreditlash: Huquqiy asoslar va amaliyot”. “Huquqshunoslik” jurnali, 2020, №2, 20-35-betlar.
Ipoteka kreditlashning xalqaro tajribasi va O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari”. “Moliyaviy tahlil” jurnali, 2021, №1, 65-80-betlar.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.