YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v11i11.957Keywords:
“Buyuk didaktika”, asosiy tamoyillar, sinf-dars tizimiAbstract
Ushbu maqola eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi Y.A. Komenskiyning pedagogik nazariyasiga bag‘ishlangan. Maqolada Y.A. Komenskiyning pedagogik nazariyalari chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, Komenskiy pedagogikasi bo‘yicha darslarni tashkil etish hamda Komenskiy pedagogikasining zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Uning pedagogik nazariyasi o‘z davrining ilg‘or g‘oyalari bilan ajralib turadi va bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. Komenskiy ta’limni insoniy rivojlanish va jamiyat taraqqiyotining muhim omili deb hisoblagan. U ta’limning asosiy maqsadi sifatida insonning aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlanishini ko‘rsatadi. Uning eng mashhur asarlaridan biri “Didactica Magna” (Ulug‘ Didaktika) bo‘lib, unda Komenskiy ta’limning prinsip va uslublarini batafsil bayon etadi. U ta’lim jarayonini tizimli va izchil tashkil etish zarurligini urg‘ulaydi. Ta’lim jarayonini to‘rtta asosiy bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin: boshlang‘ich ta’lim (6 yoshgacha), boshlang‘ich maktab (6-12 yosh), o‘rta maktab (12-18 yosh) va universitet ta’limi (18 yoshdan keyin). Har bir bosqichda o‘quvchilarni yoshi va qobiliyatlariga mos ravishda o‘qitish kerakligini ta’kidlaydi. Komenskiyning nazariyasida vizual ta’lim vositalarining ahamiyati katta o‘rin tutadi. U bolalarga mavzularni tushuntirishda tasvirlar, rasmlar va real ob'ektlardan foydalanish tarafdori bo‘lgan. Bu yondashuv bolalarning qiziqishini oshirish va o‘zlashtirishni yaxshilashga yordam beradi. Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, uning ta’lim sohasidagi innovatsion g‘oyalari va prinsiplarining ko‘pi hozirgi zamonaviy ta’lim tizimlarida qo‘llaniladi. Komenskiyning ilmiy merosi pedagogika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va uning asarlari hali ham o‘qituvchilar va ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. –T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. -592 b.
Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariYasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
Graves, F. P. (1912). Great Educators of Three Centuries.
Keatinge, M. W. (1910). The Great Didactic of John Amos Comenius
Beneš, Z. (1970). The Influence of Comenius on Modern Education.
Filip, J. (1993). Comenius' Educational Concepts in the Context of Modern Didactics.
Otto, M., & Thornton, J. (2023). MATEMATIKA DARSLARINI TASHKILLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYA ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 103-104.
Boltaev K. K., qizi Azimova T. E. Description of Real AW*-Factors of Type I //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 413-421.
Otto, M., & Thornton, J. (2023). MATEMATIKANI OʻQITISHDA QIYOSIY USULLAR VA OʻQUV TEXNOLOGIYALARI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9, 241-244.
qizi Azimova, T. E. (2023). ECONOMIC DIRECTIONS IN TEACHING MATHEMATICS. Intent Research Scientific Journal, 2(4), 54-56.
Raxmonova, V. (2023). THE ROLE AND PLACE OF MATHEMATICAL MODELS IN TEACHING STUDENTS TO SOLVE OPTIMIZATION PROBLEMS. Modern Science and Research, 2(4), 592-597.
Raxmonova, N. (2024). OLIY MATEMATIKANI O ‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(1), 9-14.
RAKHIMOV, A., RAXMONOVA, N., & SALLEH, Z. (2023). A CONNECTION BETWEEN RICKART REAL C*-ALGEBRA AND ENVELOPING RICKART C*-ALGEBRA
Tojiyeva, M. M. (2022). BIZNESNI RIVOJLАNTIRISH SАMАRАDORLIGI HАMDА UNI BАXOLАSHNING USLUBIY YONDАSHUVLАRI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 5, 52-58.
Tojiyeva, M. M. Q., & Abdullayev, A. A. U. (2021). The use of modern technologies in statistical data collection. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(12), 752-757.
Elmurodov, M. N., & Tojiyeva, M. M. (2023). KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISHDA MOLIYAVIY HISOBNING AHAMIYATI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 44-47
Kamoldinovna, S. Y. (2023). TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI DIVERSIFIKATSIYALASHNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 8, 66-69.
Otto, M., & Thornton, J. (2023). TALIM JARAYONLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: onlayn oʻyinlar. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9, 204-208.
Kamoldinovna, S. Y. (2023). TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR MOHIYATIGA YONDASHUVLAR VA ULARNI DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 358-362.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.