EKFRAZIS TARJIMASI: BADIIY TASVIRLARNI BIR TILDAN IKKINCHI TILGA O‘TKAZISH ( Nozim Hikmat she’ri misolida)

EKFRAZIS TARJIMASI: BADIIY TASVIRLARNI BIR TILDAN IKKINCHI TILGA O‘TKAZISH ( Nozim Hikmat she’ri misolida)

Authors

  • Sug‘diyona Ergasheva Qo‘qon universiteti, 2-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1399

Keywords:

Ekfrazis, tarjima, badiiy tasvir, pragmatik kontekst, vizual san’at, verbal san’at, foreignization, domestication.

Abstract

Mazkur maqolada ekfrazis hodisasining tarjima jarayonidagi estetik va semantik funksiyasi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor “ekfrazis” – adabiy matnda boshqa san’at asarini so‘z orqali tasvirlash san’atining tarjimadagi ahamiyatiga qaratilgan. Murray Kriegerning “ekfrazis –  bu so‘z san’atining tasviriy san’atga yaqinlashuvi” degan nazariy qarashlari asosida badiiy matnda vizual tasvirning lingvistik shakllanish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ekfrazis tarjimasi –  muallif yaratgan vizual tasvirning madaniy va semantik qatlamlarini yangi til tizimida saqlab qolish uchun zarur estetik vosita sifatida baholanadi. Tadqiqotning amaliy qismi sifatida Nozim Hikmatning “Veranın uykudan uyanışı” she’ri va uning Rofiq Saydullayev tomonidan o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tarjimada ekfrazisning yo‘qolishi asarning badiiy ruhiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Isomiddinov Z.” Oliymaqom san’atning oliyjanob mardumlari”// Tarjima san’ati. – 2023. – N7.

2. Murray Krieger. “ Ekphrasis the Illusion of the Natural Sign”. Baltimore;London: The Johns Hopkins University Press, 1992.

3. Venuti, L. Ekphrasis, Translation, Critique. Art in Translation,2010. 2(2), 131–152.

4.Lawrece Venutti. Exprasis,Translation,Critique//Art in Translation,Volume. – 2010. – 2N. – B. 131-132.

5. https://blog.ufuk.io/nazim-hikmet-veranin-uykudan-uyanisi/

6. https://ziyouz.uz/jahon-sheriyati/turk-sheriyati/nozim-hikmat/

7. Oripova K. Tarjimaning pragmatik jihati//International scientific journal of Biruni. – 2024. – 3. - B.120.

8. Ochilov Ergash. Tarjima nazaryasi va amaliyoti (o‘quv qo‘llanma). – T.,2012.

9. Salomov G‘. Tarjima nazaryasi asoslari. – Toshkent: “O’qituvchi”,1983, – B. 51.

Published

2026-01-15

Iqtiboslik olish

Ergasheva, S. (2026). EKFRAZIS TARJIMASI: BADIIY TASVIRLARNI BIR TILDAN IKKINCHI TILGA O‘TKAZISH ( Nozim Hikmat she’ri misolida). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 187–190. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1399
Loading...