HUDUDLARDA KICHIK BIZNES SOHASI RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING IFODALAOVCHI EKONOMETRIK MODELLARNI TUZISH VA ULARNI KOMPLEKS BAHOLASH

Authors
  • Durdona Xushvaqova

    ISFT Instituti “Iqtisodiyot va kompyuter injiniring” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu ilmiy tadqiqotda hududlar kesimida kichik biznesning rivojlanish jarayonlarini statistik jihatdan chuqur tahlil qilish, mavjud tendensiyalarni aniqlash va ular asosida ekonometrik modellarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor O‘zbekistonning turli viloyatlarida kichik biznes faoliyatining o‘sish sur’atlari, ularning tarkibiy ko‘rsatkichlari (yangi tashkil etilgan subyektlar soni, bandlik darajasi, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi va h.k.) hamda iqtisodiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan.

Tadqiqot davomida korrelyatsion va regressiyaviy tahlil usullari qo‘llanilib, kichik biznesga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar (soliq yengilliklari, kredit resurslariga kirish, infratuzilma darajasi va boshqalar) aniqlab berildi. Ekonometrik modellash orqali bu omillar ta’sirining miqdoriy bahosi aniqlandi va hududiy farqlarning sabablari tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalariga asoslanib, kichik biznesni hududlar darajasida kompleks baholash indeksi shakllantirildi. Ushbu indeks yordamida hududlar o‘rtasida solishtirma tahlil o‘tkazilib, rivojlanishning asosi omillari hamda muammoli nuqtalari aniqlandi. Shuningdek, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

References

Абдуллаев Ё. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари, 100 саволга - 100 жавоб. –Т.: Меҳнат. 2002. – 157 б.

Абдуллаев Ё. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари. – Т.: Меҳнат, 2010. – 349 б.

Абдуллаев Ё.А. Статистика назарияси. Дарслик –Т.: Ўқитувчи, 2002.

Абдуллаев А. и др. Методы социально-экономического прогнозирования. – Т.: Узбекистан, 1992. – 189 с.

Абдуллаев А.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика. – Т.: Fan va texnologiya, 2007. – 612 с.

Абдуллаев А., Абдурахманов О., Зокирова Н. Прогнозирование и моделирование национальной экономики. –Т.: Fan va texnologiya, 2007. – 575 с.

Абдуллаев Ё., Каримов Ф. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари. – Т.: Меҳнат, 2010. – 351 б.

Абдуллаев Ё., Юлдашев Ш. Малый бизнес и предпринимательство. – Т.: Иқтисод-молия, 2008. – 339 с.

Алимов Р.Х. ва бошқалар. Миллий иқтисодда ахборот тизимлари ва технологиялари. Ўқув қўлланма. – Т.: Шарқ, 2004. – 320 б.;

Ашурова Н.Б. Барқарор иқтисодий ўсишни таъминлашда солиққа тортиш механизмини такомиллаштириш. Иқт.фан. докт. дисс.автореф. – Т.БМА: 2018-72б:

Балдин, К.В. Общая теория статистики: учебное пособие / К.В. Балдин, А.В. Рукосуев. – М.: Дашков и К, 2015. – 312 c

Бегалов Б.А. Ахборот-коммуникациялар бозорининг шаклланиш ва ривожланиш тенденцияларини эконометрик моделлаштириш. И.ф.д. илмий даражаси олиш учун ёзилган диссертация иши. –Т.2001–-330 б.;

Власова В.М. Основы предпринимательской деятельности. – М.: Финансы и статистика. 1996 – 106 с.;

Published
2025-03-30
Section
Iqtisodiyot / Economy
License

Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

HUDUDLARDA KICHIK BIZNES SOHASI RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING IFODALAOVCHI EKONOMETRIK MODELLARNI TUZISH VA ULARNI KOMPLEKS BAHOLASH. (2025). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 14, 97-99. https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1130