YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH USTUVOR MASALA SIFATIDA
Keywords:
bandlik, yoshlar, aholi, rivojlanish, omil, ma’lumot, tahlil, iqtisodiy, ijtimoiy, davlat siyosati, talab, taklifAbstract
Ushbu maqola yoshlar bandligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, dastlab bugungi kunda mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan siyosiy islohotlar o‘rganib chiqilgan. Yoshlar bandligini ta’minlashda asosiy ijtimoiy ko‘rsatkichlar sifatida respublika aholisi soni va uning tarkibida yoshlarning ulushi, aholi bandlik darajalari hamda yoshlarning bandlik darajalari tahlil qilingan.
Tadqiqot davomida birlamchi hamda ikkilamchi ma’lumot manbalaridan foydalanilgan. Dastlab yoshlar bandligini ta’minlash borasida mamlakat rahbari va vazirliklar tomonidan chiqarilgan eng so‘nggi qaror va farmonlar o‘rganilgan. So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston respublikasi aholi soni, yoshlar soni, jami aholi tarkibida yoshlarning ulushi o‘zgarish tendensiyalari yillar kesimida tahlil qilingan. Shuningdek, respublikada bandlik ko‘rsatkichlari, yoshlarning bandlikdagi ulushi qiyosiy tahlil qilingan. Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnoma orqali yoshlar bandligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, ishga joylashish jarayonida yoshlar duch kelayotgan muammolar o‘rganilgan. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning hissasi to‘g‘risida fikrlar hamda bandlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqilgan.
Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil, dinamik tahlil va empirik tahlil usullaridan foydalanilgan bo‘lib, tahlil jarayonida jadvallar va grafiklar bilan ishlashda Excel dasturi qo‘llanilgan. So‘rovnoma Google Forms platformasida o‘tkazilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, 30.06.2020-yildagi PQ-4768-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 26.03.2025 yildagi PF-61-son
Adolatxon, M., & To’rayevich, U. A. (2024). IQTISODIY RIVOJLANISH VA UNING ASOSIY OMILLARI. worldly knowledge conferens, 7(1), 32-34.
Ахмедова, M. (2016). Прогнозирование численности занятого населения в условиях Узбекистана с использованием математических методов. Экономика и инновационные технологии, (6), 270-276.
Boymirzayeva, M., Yusupova, M., & Yaxiyaxonova, M. (2024). O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(3), 27-31.
Baxtiyor o’g’li, A. A. (2024). O'ZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASH ORQALI DAROMADLILIGINI OSHIRISH. INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2024, 3(33), 71-76.
Gerri, Gatava. (2022). 8. Iqtisodiy o'sishga ijtimoiy omillarning ta'siri. doi: 10.31124/advance.19397081.v1
G'ayratovna, Q. N., Adhamovna, R. D., & Usmonbekovich, Y. I. (2023). BITIRUVCHI YOSHLARNING ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASHDA MUAMMO VA YECHIMLAR. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(11), 103-106.
Datta, N., Assy, A. E., Buba, J., Johansson De Silva, S., & Watson, S. (2018). Integrated Youth Employment Programs.
Dung, Nguyen, Thi, Thu., LA, Vasilenko. (2023). 4. Iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish modellari. doi: 10.1007/978-981-99-2710-4_47
O'Higgins, N. (2004). Recent Trends in Youth Labor Markets and Youth Employment Policy in Europe and Central Asia.
Tejvan, Pettinger. (2022). 2. Factors Affecting Economic Development. International Journal of Development Strategies in Humanities Management and Social Sciences, doi: 10.48028/iiprds/ijdshmss.v12.i2.08
Tojiyeva, M. (2024). KATTA MA’LUMOTLAR TAHLILIDA EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKANING QO‘LLANILISHI. University Research Base, 268–272. Retrieved from https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/513
Tojiyeva, M. M. (2023). KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDAGI AHAMIYATI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9, 126-130.
Tojiyeva, M. M. (2024). O ‘ZBEK IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH USTUVOR MASALASI SIFATIDA. University Research Base, 439-443.
Tajiyeva, M. M. (2022). SOCIO-ECONOMIC SYSTEM OF SMALL BUSINESS THEORETICAL VIEWS OF SCIENTISTS IN DEVELOPMENT. A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 55-59.
O‘zbekiston Respublikasiqonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (lex.uz)
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi (yoshlar.uz)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi (stat.uz)
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.