MEDIA MATNLARINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v13i.1094Keywords:
media matnlari, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, pragmatic xususiyat, kommunikativ vazifa, madaniy xususiyat.Abstract
Bugungi kunda media matnlar kommunikatsiya jarayonining muhim vositasiga aylangan. Ular axborotni keng auditoriyaga yetkazish bilan birga, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, media matnlarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada media matnlarning kommunikativ vazifalari, kontekstga bog‘liqligi va auditoriyaga ta’siri kabi pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Pragmatika tilshunoslikning bir yo‘nalishi bo‘lib, matnlarning amaliy jihatlariga, ya’ni ular qanday maqsad bilan ishlatilishi va qanday ta’sir ko‘rsatishiga e’tibor qaratadi. Media matnlarida esa pragmatika matn yaratish va uning qabul qilinishi jarayonlarini samarali boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Masalan, yangiliklar, reklama yoki maqolalar turli xil pragmatik maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin: axborot yetkazish, o‘rgatish, ishontirish yoki muayyan harakatga undash.Media matnlarning pragmatik xususiyatlari ularning kontekst bilan bog‘liqligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Kontekst matn mazmunini tushunish va uni to‘g‘ri talqin qilishda asosiy omil hisoblanadi. Misol uchun, bir xil mazmundagi matnlar turli ijtimoiy sharoitlarda turlicha qabul qilinishi mumkin. Shu sababli, jurnalistlar va media mualliflari o‘z matnlarini yaratishda auditoriyaning ehtiyojlari, qadriyatlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olishlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
A.N. Vasiliyeva. Newspaper-publicistic style of speech. M., 1994.
G.B. Smagulova. Influence of mass media language on nation’s mentality. // State language: terminology, business letters, language of media: materials from the Republic scientific-practical conference devoted to the 100th anniversary of K. Zhubanov. - Astana, 1999. pp. 370-375.
Hakimova M. O’zbek tilida vaqt ma’noli lug’aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari. – Farg’ona, 2004.
I.P. Susov. Pragmatic structure of expressions. // Language communication and its units. Kalinin, 1986.
I.R. Galperin. Text as an object of linguistic research. М.: Nauka, 1981.
Kun T. Structure of scientific revolutions. - M., 1977.
Kurchenkova Ye.A. Kulturno-yazыkovыe xarakteristiki tekstov gazetnыx ob’yavleniy (na materiale angliyskoy i russkoy pressы): Diss. … kand. filol. nauk. – Volgograd, 2000. – 169 s.
Lastoveskaya M.A. Variativnost angloyazыchnogo reklamnogo teksta kak faktor yego pragmaticheskogo vozdeystviya: avtoref. dis. … kand. filol. nauk. / M.A. Lastoveskaya; Mosk. gos. lingv. un-t, 2005. – 24 s.
Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. – Toshkent, TDPI, 1999.
Сафаров Ш.С. Прагмалингвистика. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 286 б.
Shermatov A.A. Ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida diskurs deyksisining qiyosiy tahliliga doir ayrim mulohazalar. // Tilshunoslikdagi yangi yoʻnalishlar va ularning muammolari. – Toshkent, 2013. – B. 235.
Yo’ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent: Fan, 2007. - 122 b.
Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008. - 160 b.
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.