YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI

YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI

Authors

  • Nafosat Yoriyevna Oʻroqova Buxoro davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v12i.1001

Keywords:

badiiy adabiyot, lirika, olamning badiiy manzarasi, xalq qoʻshiqlari, mumtoz she’riyat, yangi o‘zbek she’riyati, obraz, floristik obraz, gullar obrazi, ramz.

Abstract

Maqolada zamonaviy she’riyatda olamning badiiy manzarasini floristik obrazlar orqali ifodalash poetikasiga diqqat qaratilgan. Shu o‘rinda, mazkur obrazlarning asosiy turlaridan biri hisoblanadigan gul timsollari badiiy adabiyotimizdagi asosiy kategoriyalardan biri ekanligiga urgʻu berilgan. Qadimda turkiy xalqlar ayrim oʻsimlik, daraxt, hayvon yoki qushlarga kult sifatida qarashgan. Ular bilan bogʻliq inonchlarga sigʻinishgan. Xalq poeziyasining ibtidoiy davrlarida, floristik va faunistik obrazlar turli xalq inonchlariga koʻra, keyinchalik esa oʻzining yashash sharoiti, tashqi tuzilishi, umumiy xarakter-xususiyatidan kelib chiqqan holda majoziy-ramziy ma’no ifodalaganligi ilmiy asoslangan. Oʻsimlik va gullarni jonli deb bilish natijasida qadimdan xalq folklorida xotin-qizlarni gulga, ayrim oʻsimliklarga qiyoslash an’anasi mavjud boʻlgan. Ular orqali xalq dilidagi dardlarini, qalb kechinmalarini yorqin ifoda eta olganligi dalillangan. Bundan tashqari, mumtoz lirik asarlarimiz xalq poeziyasidan oziqlangan holda davom ettirilgani, unda mavjud poetik obrazlar tadrijiy ravishda oʻsib borganligi yoritilgan. Insonlarning xarakter-xususiyatlari, jamiyatda hukm surgan siyosiy vaziyat, oddiy xalqning umumiy ahvoli, ularning ruhiyati, kayfiyati, alam-dardi, moddiy turmush tarzi oʻsimliklar, gullar, daraxtlar, qushlar hamda hayvonlarning poetik obrazlari orqali ramziy gavdalantirilib, badiiy maqsadga erishishga intilish kuchaygan. Zero, maqolada olam badiiy manzarasini floristik obrazlar vositasida ifodalash yoʻsinida mumtoz lirikamiz an’analariga sodiqlik bir qadar saqlanib qolganligi misollar orqali ko‘rsatilgan va H.Olimjon, E.Vohidov, J.Kamol gʻazallari asosida dalillangan. Ularning ijodida janr, obraz, she’riy san’atlar va poetik tasvir usuli masalalarida mumtoz she’riyat an’analari davom ettirilgani asoslangan. Mazkur maqolada yangi o‘zbek she’riyatida faol qo‘llanib kelinayotgan gullar obrazi yuqorida tilga olingan xususiyatlarga ko‘ra atroflicha o‘rganilgan va uning ilmiy-nazariy asoslari yaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Abdulhamid Cho‘lpon. Binafsha. – T.: Adabiyot, 2021.

Авлоний А. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 1-жилд. Шеърлар. Ибратлар. – T.: Маънавият, 1998.

Asqad Muxtor/nashrga tayyorlovchi Ikrom Iskandar. – Т.: Akademnashr, 2020.

Фитрат, Абдурауф. Танланган асарлар. V жилдлик. I жилд. Шеърлар, насрий асарлар, драмалар. – T.: Маънавият, 2000.

Ҳамид Олимжон. Мукаммал асарлар тўплами. Ўн томлик. Биринчи том. Шеърлар. – T.: Фан, 1979.

Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari: Qissa va hikoyalar. – T.: Yangi asr avlodi, 2015.

Олимжон Ҳ. Дарё каби уйғоқ ўтурман. Сайланма. – Т.: Шарқ, 2009.

Орипов А. Бедорлик: Шеърлар. –Т.: Ёзувчи, 1999.

Орипов А. Йиллар армони. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1987.

Орипов А. Танланган асарлар. Еттинчи жилд. Шеърлар, достон, мақолалар, суҳбатлар, қайдлар. – T.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2013.

Усмон Азим. Сайланма. Шеърлар. – T.: Шарқ, 1995.

Воҳидов Э. Танланган асарлар. – Т.: Шарқ, 2018.

Ғафур Ғулом. Мукаммал асарлар тўплами. Учинчи том. Шеърлар. – Т.: Фан, 1984.

Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006-2008.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. А.Мадвалиев таҳрири остида. – Т., 2006-2008.

https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/milliy-uygonish/begali-qosimov-shuhrat-rizaev-abdulla-avloniy-1878-1934/

Published

2024-09-30

Iqtiboslik olish

Oʻroqova, N. Y. (2024). YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OLAM BADIIY MANZARASINI GUL TIMSOLLARI ORQALI IFODALASH POETIKASI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 12, 103–108. https://doi.org/10.54613/ku.v12i.1001

Issue

Section

Filologiya / Philology
Loading...