TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR MOHIYATIGA YONDASHUVLAR VA ULARNI DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI

TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR MOHIYATIGA YONDASHUVLAR VA ULARNI DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI

Authors

  • Sultonova Yulduzxon Kamoldinovna Qo‘qon Universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v1i1.368

Keywords:

turizm, diversifikatsiya, sayohat paketlari, geografik bozor, qulay tendentsiya, barqarorlik maqsadlari.

Abstract

Hammamizga ma’lumki, xizmat ko’rsatish sohasi kam xarajat bilan yuqori daromad olish uchun eng yaxshi sohalardan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish sohalaridan turizm sohasi esa ayrim davlatlarda YaIM ko’rsatkichida birinchi o’rinda turishi, bu sohaga yaxshigina e’tibor qilib, yuqori daromad olishga undaydi. Turizm sohasi bilamizki, o’zida qanchadan-qancha xizmatlarni mujassam etadi, ya’ni xorijiy mehmonning yurtimizga kelganidan to uning o’z Vataniga qaytguniga qadar oladigan barcha xizmatlar jamlanmasidir. Turizm sohasini rivojlantirish transport infratuzilmasini, turistlarni joylashtirish va oziq-ovqat bilan ta’minlash, xususan, bu borada amaldagi me’yorlardan orqada qolayotgan qator sub’ektlarni takomillashtirish zarurati bilan chambarchas bog‘liq. O’zbekiston Respublikasida turizm sohasining jozibadorligini oshirish turizmni rivojlantirish markazlarining joylashuvini diversifikatsiya qilish va taklif etilayotgan turistik mahsulotlar turlarini ko'paytirish orqali amalga oshirilishi mumkin, ya'ni taklif etilayotgan hududiy turizm mahsulotlarining turlari va miqdorini oshirish. Turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning istiqbolli strategiyalaridan biridir.

Published

2023-06-21

Iqtiboslik olish

Sultonova Yulduzxon Kamoldinovna. (2023). TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR MOHIYATIGA YONDASHUVLAR VA ULARNI DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONINING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 1(1), 358–362. https://doi.org/10.54613/ku.v1i1.368

Issue

Section

ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHALARINING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Loading...