“SABR”GA OID BIRLIKLARNING O‘ZBEK DISKURSIDAGI PRAGMATIK FUNKSIYALARI
- Authors
-
-
Shohista Mirzayeva
Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada o‘zbek tilidagi “sabr qil”, “sabr qiling”, “sabringizga balli”, va “sabr kosasi to‘ldi” kabi birliklarning nutqiy vazifalarini kontekst asosida aniqlashga qaratilgan. Material sifatida leksikografik, badiiy, diniy, ma’rifiy, paremiologik va ommaviy diskursdan olingan 12 ta verifikatsiyalangan kontekst maqsadli tanlandi. Har bir misol illokutiv kuch adresatga yuklangan harakat vaqt doirasi yumshatish vositalari hamda so‘zlovchi, tinglovchi o‘rtasidagi maqom munosabati bo‘yicha kodlandi. Natijalar sabrga oid birliklar faqat kutishga undovchi direktiv emasligini ko‘rsatdi. Ular tasalli, maqtov, axloqiy da’vat, institutsional kechiktirish va chidash chegarasini bildirish vazifalarini ham bajaradi. “Qil” va “qiling” shakllari ijtimoiy masofa hamda hurmatni belgilasa, “biroz”, “andak”, “azizim” va “akamullo” kabi unsurlar direktiv kuchni yumshatadi. Biroq, izoh va aniq muddat bo‘lmagan sabrga da’vat kuchli tomon manfaatini himoya qiluvchi kechiktirishga aylanishi mumkin. “Jabrga sabr yo‘q” maqoli o‘zbek diskursining o‘zida sabrning axloqiy chegarasi mavjudligini ko‘rsatadi. Pragmatik talqin shaklga emas kontekst maqom va kutilayotgan oqibatga tayanishi lozim.
- References
-
1. Searle J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 1969.
2. Searle J. R. A Classification of Illocutionary Acts // Language in Society. – 1976. – Vol. 5, No. 1. – P. 1–23.
3. Brown P., Levinson S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage. – Cambridge: Cambridge University Press, 1987.
4. Watts R. J. Politeness. – Cambridge: Cambridge University Press, 2003.
5. Culturally Speaking: Culture, Communication and Politeness Theory / Ed. by H. Spencer-Oatey. – 2nd ed. – London: Continuum, 2008. – P. 11–47.
6. O‘zbek tilining ta’limiy korpusi. Sabr, sabrli, andak va sabr-toqat lug‘at maqolalari. https://uzschoolcorpara.uz/uz/Dictionary?q=sabr.
7. O‘zbek xalq maqollari / Tuzuvchilar: T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqov. – Toshkent: Sharq, 2005. – B. 108–110. https://www.ziyouz.com/books/uzbek_xalq_ogzaki_ijodi/T.Mirzayev%2C%20A.Musoqulov%2C%20B.Sarimsoqov%20%28tuzuvchilar%29.%20O%27zbek%20xalq%20maqollari.pdf.
8. Bicher-Stou H. Tom tog‘aning kulbasi / Tarjimon: Sharif Rizo. – Toshkent: Ziyo nashr, 2020. – B. 22. https://api.unilibrary.uz/storage/PublisherResourceFile/ 349489/images/1689960353.pdf.
9. Voynich E. L. So‘na / Rus tilidan tarjima: Mirzakalon Ismoiliy. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015. – B. 136. https://renessans-edu.uz/files/books/2023-10-30-05-26-28_d5c7fa461887d1305f986471db81e482.pdf.
10. Soatova N. Shuhrat ijodida g‘oya va falsafa // O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari: xalqaro anjuman materiallari. – Jizzax, 2023. – B. 336–343. https://phys-tech.jdpu.uz/index.php/hp/article/download/9426/6633/22691.
11. Sayyodiy. Tohir va Zuhra dostoni // Ziyouz elektron kutubxonasi. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/o-zbek-mumtoz-adabiyoti/sayyodiy-xvii-asr. murojaat sanasi 2026 yil 3 noyabr
12. O‘zbekiston musulmonlari idorasi. Oyatlar va yorqin bashoratlar. – 2026. https://www.muslim.uz/uz/e/post/47323-oyatlar-va-yorqin-bashoratlar
13. Yakubova Sh. Medvedevning “Pul yo‘q, ammo siz sabr qiling” degan iborasi OAVlarda eng ko‘p tilga olingan memga aylandi // Daryo. – 2016. – 11-iyun. https://daryo.uz/2016/06/11/medvedevning-pul-yoq-ammo-siz-sabr-qiling-degan-iborasi-oavlarda-eng-kop-tilga-olingan-memga-aylandi/
14. Adizova U. Sabr qil, Elifjon: go‘zal narsalar go‘zal sabrdan keyin keladi // Azon va Aniq. – 2019. – 18-aprel. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/sabr-qil-elifjon-guzal-narsalar-guzal-sabrdan-keyin-keladi.
- Downloads
- Published
- 2026-11-09
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
