Kokand university

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING ETNOESTETIK MADANIYATINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH: TAJRIBA-SINOV NATIJALARI

Authors
  • Guljaxon Erkinjonova

    Qo‘qon universiteti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, KU tayanch doktoranti.

Keywords:
Array
Abstract

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining etnoestetik madaniyatini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish masalasi tajriba-sinov ma’lumotlari asosida o‘rganilgan. Etnoestetik madaniyat kognitiv, emotsional-aksiologik va xulq-atvorli komponentlardan iborat shaxsiy-kasbiy sifat sifatida talqin qilinib, har bir komponent uchun ikkitadan ko‘rsatkich belgilandi. Tajriba 2025-yilda bir semestr davomida Andijon davlat pedagogika instituti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi 420 nafar talaba (eksperimental guruh – 210, nazorat guruhi – 210) ishtirokida o‘tkazildi. Eksperimental guruhda “Etnoestetik refleksiya xaritasi”, “Etnoestetik immersiv tajriba”, “Etnoestetik kreativ laboratoriya” va boshqa mualliflik metodlari qo‘llanildi. Ma’lumotlar Pirson χ² va Fisher φ* mezonlari yordamida tahlil qilindi. Tajriba boshida guruhlar o‘rtasida farq aniqlanmadi (χ² = 0,01–0,16). Yakuniy bosqichda yuqori darajadagi talabalar ulushi oltita ko‘rsatkich bo‘yicha eksperimental guruhda 38,1–49,5% ni, nazorat guruhida 18,6–32,4% ni tashkil etdi; farq barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha p ≤ 0,01 darajada ahamiyatli. Eng katta farq emotsional munosabat (φ* = 5,67), eng kichigi etnoestetik qobiliyatlar (φ* = 2,46) bo‘yicha kuzatildi. Natijalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz

4. Toleubekova R.K., Zhumataeva E., Sarzhanova G.B. The Role of Ethnopedagogy in Shaping Positive Attitudes towards Traditional Values of Kazakh People among Future Teachers in Kazakhstan // Koers – Bulletin for Christian Scholarship. – 2022. – Vol. 87, No. 1. – Article 2430. – DOI: 10.19108/KOERS.87.1.2430

5. Yang M., Zhang J., Wan Yahaya W.A.J., Yang Y. Developing and implementing the four-dimensional aesthetic education framework in elementary education // Frontiers in Education. – 2025. – Vol. 10. – Article 1601869. – DOI: 10.3389/feduc.2025.1601869

6. Pitri E., Fella A., Michaelidou A. Student–teachers’ perceptions about folk art and their implications for teacher education // Frontiers in Education. – 2025. – Vol. 10. – Article 1560489. – DOI: 10.3389/feduc.2025.1560489

7. Алдошина М.И. Формирование этноэстетической культуры студентов в образовательном процессе университета (на материале подготовки специалистов социального и гуманитарного профилей): дис. … д-ра пед. наук. – Курск, 2008.

8. Нишанова О.Д. Ўзбек этномаданиятининг эстетик моҳияти ва функциялари: фалсафа фанлари доктори (DSc) дисс. автореферати. – Тошкент: ЎзМУ, 2016. – 90 б.

9. Isomiddinov A.B. Talabalarda etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish mexanizmlari (pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi misolida): pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoreferati. – Namangan: NamDU, 2024. – 62 b.

10. Логинова М.В. Этноэстетика в системе этнокультуры: теоретико-методологический аспект // Финно-угорский мир. – 2021. – Т. 13, № 2.

11. Бондаревская Е.В., Кульневич С.В. Педагогика: личность в гуманистических теориях и системах воспитания. – Ростов н/Д: Творческий центр «Учитель», 1999.

12. Неменский Б.М. Мудрость красоты: о проблемах эстетического воспитания. – М.: Просвещение, 1987.

13. Dewey J. Art as Experience. – New York: Minton, Balch & Company, 1934.

14. Eisner E.W. The Arts and the Creation of Mind. – New Haven: Yale University Press, 2002.

15. Greene M. Variations on a Blue Guitar: The Lincoln Center Institute Lectures on Aesthetic Education. – New York: Teachers College Press, 2001.

16. Зимняя И.А. Ключевые компетенции – новая парадигма результата образования // Высшее образование сегодня. – 2003. – № 5. – С. 34–42.

Published
2026-10-05
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING ETNOESTETIK MADANIYATINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH: TAJRIBA-SINOV NATIJALARI. (2026). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(B), 173-176. https://doi.org/10.54613/4sq5tj76