O‘QITUVCHILARDA STRATEGIK PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

O‘QITUVCHILARDA STRATEGIK PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • E’zozxon Qobilova Qo‘qon davlat universiteti Musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1829

Keywords:

strategik tafakkur, pedagogik tafakkur, strategik pedagogik tafakkur, kasbiy kompetensiya, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi, prognostik tafakkur, refleksiya, kreativ tafakkur, pedagogik strategiya, kasbiy tayyorgarlik.

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda strategik pedagogik tafakkurni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Strategik pedagogik tafakkur tushunchasining mazmun-mohiyati, uning pedagogik tafakkur, kasbiy tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkur bilan o‘zaro aloqadorligi tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining strategik pedagogik tafakkurini rivojlantirishning kognitiv-tahliliy, prognostik, maqsadli-strategik, kreativ-variativ, refleksiv-baholovchi hamda faoliyat-amaliy komponentlari asoslangan. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, refleksiv va prognostik yondashuvlarning mazkur jarayondagi imkoniyatlari ochib berilgan. Musiqa ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari asosida strategik pedagogik tafakkurni shakllantirishning metodik shartlari taklif etilgan.

Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlarni uzoq muddatli rejalashtirish, dars jarayonidagi kutilmagan qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilish va ularga nisbatan muqobil san’atkorona yechimlar topish qobiliyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan xulosa va amaliy takliflardan oliy pedagogik ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini takomillashtirishda hamda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan maxsus kurslarni tashkil etishda foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sharipov Sh.A. Talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. – Toshkent: Fan, 2020. – 180 b.

2. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... diss. – Toshkent, 2007. – 315 b.

3. Абдуллин Э.Б. Методологический анализ проблем музыкального образования в системе высшего педагогического образования. – Москва: Просвещение, 2011. – 224 с.

4. Darling-Hammond, L. Preparing Teachers for a Changing World: What Teachers Should Learn and Be Able to Do. – San Francisco: Jossey-Bass, 2015. – 410 p.

5. OECD. Fostering Students' Creativity and Critical Thinking: What it Means in School. – Paris: OECD Publishing, 2019. – 164 p.

6. Ломов Б.Ф. Антиципация в структуре деятельности. – Москва: Наука, 1980. – 280 с

7. Зимняя И.А. Ключевые компетенции - новая парадигма результата современного образования.

8. OECD. Teaching for the Future: Effective Classroom Practices to Transform Education. Paris: OECD Publishing, 2018. 116 p. DOI: 10.1787/9789264293243-en.

9. Moskaleva L.Y., Troitskaya T.S., Shevchenko Y.V. A process-based approach to developing the strategic thinking of future teachers: methodological and practical aspects // Bulletin of Pedagogical Sciences. 2025. No. 12. P. 102–113.

10. UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers. Version 3. Paris: UNESCO, 2018. ISBN: 978-92-3-100285-4.

11. A competence-oriented framework for music teacher education: conceptual model and empirical validation of students’ perceived self-efficacy // Frontiers in Education. 2026. Vol. 11. DOI: 10.3389/feduc.2026.1879004.

12. Qobilova, Ezozxon. "The Significance Of Interdisciplinary Connection In The Formation Of Music Literacy In Children With Hearing Defect In Music Lessons." Uzbekistan Educational Research Journal 1.1 (2024).

13. Qobilova, Ezoz. "THE PLACE OF FOLK SONGS IN ISAJAN SULTAN'S STORIES." American Journal Of Social Sciences And Humanity Research 4.02 (2024): 44-49.

Published

2026-10-05

Iqtiboslik olish

Qobilova, E. (2026). O‘QITUVCHILARDA STRATEGIK PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(B), 20–22. https://doi.org/10.54613/ku.v19iB.1829
Loading...