TA’LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN SINFLARDA GAPIRISH KO‘NIKMASINI ODATLANTIRUVCHI MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
- Authors
-
-
Sohibjamol Tangatarova
KU mustaqil izlanuvchisi.
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish jarayonida og‘zaki nutq – gapirish ko‘nikmasini shakllantirish muammosi tadqiq etilgan. Muallif gapirish ko‘nikmasi faqat nutqiy amaliyot mahsuli sifatida emas, balki maxsus tashkil etilgan, bosqichma-bosqich murakkablashib boruvchi odatlantiruvchi (shartli-nutqiy) mashqlar tizimi orqali shakllanishini asoslaydi. Tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, darslarni qiyosiy o‘rganish va kontent-tahlil metodlari qo‘llanilgan. Natijada odatlantiruvchi mashqlarning beshta funksional turi (imitativ, substitutsion, transformatsion, reproduktiv va kombinatorli) ajratilgan hamda ularning rus tilli o‘quvchilar uchun o‘ziga xos til aralashuvi (interferensiya) nuqtalariga – so‘z tartibi, agglutinativ qo‘shimchalar ketma-ketligi, kelishik va egalik shakllari, bog‘lama fe’lining yo‘qligi kabi hodisalarga yo‘naltirilgan modeli ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan mashqlar tizimini darsga joriy etishning to‘rt bosqichli (“qabul qilish – taqlid – boshqariladigan qo‘llash – erkin qo‘llash”) texnologiyasi taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili darsliklari, metodik qo‘llanmalar va o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari mazmunini takomillashtirishda foydalanish mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
- References
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2019.
2. Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 432 b.
3. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2009. – 352 b.
4. To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. – 208 b.
5. Hoshimov O‘., Yoqubov I. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2003. – 288 b.
6. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. – 188 b.
7. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004. – 104 b.
- Downloads
- Published
- 2025-10-08
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
