Kokand university

VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK

Authors
  • Dilmurod Asqarov

    O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Keywords:
Array
Abstract

Mazkur maqolada XVIII asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan Vola she’riyatining an’ana va ijodiy individuallik munosabati doirasidagi poetik tabiati tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori shoirning mumtoz adabiyotda shakllangan obrazlar, badiiy san’atlar va poetik modellarni o‘zlashtirish jarayonida ularga yangi mazmuniy-estetik vazifa yuklash xususiyatlariga qaratiladi. Vola ijodining Alisher Navoiy va Hofiz kabi mumtoz adabiyot namoyandalari poetik an’analari bilan aloqasi ijodiy ta’sirning oddiy takrori sifatida emas, balki an’anaviy badiiy tajribaning individual poetik tafakkur asosida qayta shakllanishi sifatida talqin qilinadi. Shu nuqtayi nazardan shoir lirikasida an’ana va yangilikning o‘zaro munosabati badiiy obrazlarning semantik transformatsiyasi orqali namoyon bo‘lishi asoslanadi.

Maqolada tarixiy-adabiy, qiyosiy-tipologik, poetik hamda semantik-stilistik tahlil usullaridan foydalanilib, Vola poetikasidagi obrazlarning alohida xususiyatlari bilan bir qatorda, ularning tizimli munosabatlari ham aniqlanadi. Natijada shoir badiiy tafakkurida an’anaviy obrazning tanlanishi, uning yangi semantik munosabatga kiritilishi va yakunda psixologik-falsafiy umumlashmaga aylantirilishidan iborat poetik jarayon mavjudligi ko‘rsatiladi. Tadqiqot Vola ijodining mumtoz poetik an’analarni davom ettirish bilan birga, ularni individual estetik idrok va badiiy tafakkur orqali qayta talqin qilganini asoslashga xizmat qiladi. Shu jihatdan maqolada Vola she’riyati an’ana va ijodiy individuallikning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida shakllangan mustaqil poetik hodisa sifatida baholanadi.

References

1. Navoiy, A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 3-jild: Xazoyin ul-maoniy. G‘aroyib us-sig‘ar. – Toshkent: Fan, 1988. – 616 b.

2. Navoiy, A. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 4-jild: Navodir ush-shabob. – Toshkent: Fan, 1989. – 520 b.

3. Hayitmetov, A. Navoiy lirikasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015. – 288 b.

4. Mallayev, N.M. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976. – 664 b.

5. Vohidov, R., Eshonqulov, H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – 528 b.

6. Karimov, N. XX asr adabiyoti manzaralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 536 b.

7. Fitrat, A. Adabiyot qoidalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 112 b.

8. Yoqubov, I. Badiiy-estetik tafakkur va adabiy jarayon. – Toshkent: Fan, 2010. – 320 b.

9. Boboyev, T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – 560 b.

10. Sulton, I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – 272 b.

11. Umurov, H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. – 264 b.

12. Quronov, D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 2007. – 228 b.

Published
2026-08-19
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK. (2026). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(A), 108-111. https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1785