MATNAZAR ABDULHAKIM VA XURSHID DAVRON SHE’RLARIDA IJODKOR OBRAZINING POETIK TALQINI: QIYOSIY TAHLIL
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v19iA.1775Keywords:
qiyosiy tahlil, poetika, ijodkor obrazi, shoir, sovuq, muallima, adabiyot falsafasi, o‘zbek she’riyati, qashqir, badiiyat, g‘oya, olov, burchAbstract
Ushbu maqola XX asr o‘zbek she’riyatining ikki yirik vakili – Xurshid Davron (1952) va Matnazar Abdulhakim (1947-2013) ijodini qiyosiy-tipologik metod asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyektini X.Davronning “Shoir haqida rivoyat” va M.Abdulhakimning ‘Darsdan so‘ng” she’rlari tashkil etadi. Maqolada ushbu asarlar janr tabiati, obrazlar tizimi, lirik-epik kompozitsiyasi va poetik tili nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Tahlil jarayonida ikkala shoir adabiyotning maqsadi va ijodkorning jamiyatdagi o‘rni masalasiga turlicha yondashgani aniqlandi: X.Davron romantik-idealistik, M.Abdulhakim esa realistik-xalqchil yo‘nalishda o‘z g‘oyasini ifodalaydi. X.Davron she’rida shoir obrazi o‘z yagona she’rlar to‘plamini muhtoj bir insonni sovuqdan qutqarish uchun yoqib yuboradi – bu orqali adabiyotning insonparvarlik mohiyati va tirik dard bilan yashash falsafasi ilgari suriladi. M.Abdulhakim she’rida esa qishki tunning qorong‘isida qashqirdan o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan muallima obrazi orqali ilm, burch va sadoqat tushunchalari ulug‘lanadi.
Maqolada G.V.F.Gegel estetikasi, Chexov poetikasi va antropomorfizm kabi nazariy asoslardan foydalanilgan. Tahlil natijasida ikkala she’rda ham olov ramziy obraz sifatida ilm va vijdon timsoli ekanligi ko‘rsatildi. Xulosa sifatida adabiyotning maqsadi – insonni o‘z ulug‘vorligi bilan yuzlashtirish, yovuzlikdan himoya qilish va abadiyat uchun ma’naviy xotira bunyod etish, deb belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Gegel G.V.F. Estetika: В 4 т. – М.: Искусство, 1968–1973.
2. Чудаков А.П. Поэтика Чехова. – М.: Наука, 1971.
3. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
4. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
5. Abdulhakim, M. Javzo tashrifi: she’rlar va dostonlar / M. Abdulhakim. – Toshkent: Sharq, 2008.
6. Davron, X. To‘marisning ko‘zlari: She’rlar va doston / X. Davron. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984. – 128 b.
7. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 480 b.
8. Quronov D. Adabiyot va b. haqida (Ilmiy maqolalar to‘plami). - Toshkent : Akademnashr, 2019. – 142 b.
9. Xurshid Davron Bolalikning ovozi. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. – B.187.
10. Ҳамдам У. Бадиий тафаккур тадрижи. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2002. – 200 б.
11. Белинский В.Г. Адабий орзулар. – Тошкент. Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1987. – 264 б.
13. https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/matnazar-abdulhakim-bedil-usmon-azim.html
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.