ARXAIK TASAVVURLARDA INSON VA JISMONIY KAMOLOT
- Authors
-
-
Shahboz Ergashev
Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining arxaik dunyoqarashi, mifologik tasavvurlari va xalq og‘zaki ijodidagi jismoniy kamolot konsepsiyasi tarixiy-pedagogik va adabiy-madaniy tahlil asosida o‘rganilgan. Zardushtiylik, islom dini va sufiylik ta’limotlaridan tortib Alisher Navoiyning «Komil inson» g‘oyasigacha bo‘lgan tafakkur silsilasi jismoniy tarbiya g‘oyalarining evolyusiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Maqolada jismoniy kamolot tasavvurlarining pedagogik tizimlashtirilishi va ularning badiiy matnlarda mujassamlashuv mexanizmlari aniqlangan.
Shuningdek, maqolada xalq dostonlari, afsona va rivoyatlarda jismoniy barkamollik timsollarining aks etishi hamda ularning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilingan. Qahramonlik obrazlari orqali kuch, epchillik, matonat va iroda kabi jismoniy hamda ma’naviy fazilatlarning uyg‘un holda talqin etilishi ochib berilgan.
Alisher Navoiyning “komil inson” haqidagi qarashlari asosida insonning nafaqat ma’naviy, balki jismoniy jihatdan ham mukammal bo‘lishi zarurligi yoritilgan. Tadqiqot davomida xalq pedagogikasi namunalarida jismoniy tarbiyaning mehnat, harbiy tayyorgarlik va axloqiy kamolot bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan.
Maqola natijalari o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosida jismoniy kamolot g‘oyalarining shakllanish bosqichlarini aniqlash, ularning pedagogik ahamiyatini baholash hamda zamonaviy jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishda xalq pedagogikasi tajribalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yoritishga xizmat qiladi.
- References
-
1. Авесто / Таржимон ва шарҳловчи: В.В.Бартольд, Г.Ф.Ильин. - М.: Наука, 1972.
2. Bandura A. Social Learning Theory. -New Jersey: Prentice-Hall, 1977. -247 p.
3. Бим-Бад Б.М. Педагогические течения в начале XX века.- М.: УРАО, 1998.- 116 б.
4. Волков Г.Н. Этнопедагогика. - М.: Академия, 1999. - 168 б.
5. Frazer J.G. The Golden Bough. - London: Macmillan, 1890 (repr. 2023).
6. Ғуломов Ё.Ғ. Ўзбек халқ педагогикаси. - Тошкент: Ўқитувчи, 1991. - 184 б.
7. Goleman D. Emotional Intelligence. -New York: Bantam Books, 1995. - 352 p.
8. Ибн Сино. Тиб қонунлари. Биринчи китоб. - Тошкент: Фан, 1980. - 380 б.
9. Жирмунский В.М. Тюркский героический эпос. - Л.: Наука, 1974. - 728 б.
10. Зуннунов А. Ўзбек педагогикаси тарихи. - Тошкент: Шарқ, 2000. - 288 б.
11. Jung C.G. The Archetypes and the Collective Unconscious. - London: Routledge, 1991.
12. Мирзаев Т., Тўрдимов Ш. Ўзбек фольклори. - Тошкент: Malik Print Co, 2021. - 240 б.
13. Мирзаев Т., Саримсоқов Б. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. — Тошкент: Фан, 1981. — 160 б.
14. Навоий А. Фарҳод ва Ширин. Асарлар. 15 жилдлик. 9-жилд. - Тошкент: Фан, 1960.
15. Раҳимова Д.С. «Авесто» ва Ўрта Осиё педагогикаси тарихи. - Тошкент: ТДПУ, 2008.
16. Тўхлиев Б. Ўзбек адабиётини ўқитиш методикаси. - Тошкент: Шарқ, 2005. -256 б.
17. Ўрхун ёдномалари / Таҳриров: А.Рустамов.-Тошкент: Ғ.Ғулом нашриёти, 2009.
- Downloads
- Published
- 2026-01-15
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
