“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA ALOHIDA HISOB SIYOSATINI YURITISHNING MOLIYAVIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18iB.1655Keywords:
alohida hisob siyosati, moliyaviy samaradorlik, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, temir yo‘l transporti, moliyaviy boshqaruv, xarajatlarni optimallashtirish, moliyaviy shaffoflik, investitsion loyihalar, davlat-xususiy sheriklik, buxgalteriya hisobiAbstract
Mazkur maqolada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (O‘TY AJ) faoliyatida alohida hisob siyosatini yuritishning moliyaviy samaradorligi 2020–2024 yillar bo‘yicha empirik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarida moliyaviy shaffoflik va fiskal barqarorlikni ta’minlashda alohida hisob siyosatining tutgan o‘rni va uning amaliy samaradorligini baholashga qaratilgan. O‘TY AJ ning 2023-yildagi 2 228,1 mlrd so‘mlik zarari va taqsimlanmagan yo‘qotishlarning aktivlarning 6,1 foiziga yetishi bilan bog‘liq muammolar, foiz xarajatlarining daromad ulushidagi xalqaro me’yordan (5 foiz) oshishi hamda debitorlik qarzlarining 55,4 foizga yetishi kabi ko‘rsatkichlar segment bo‘yicha alohida hisob siyosatisiz aniqlab bo‘lmasligi isbotlangan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-329-son (2023) va PQ-391-son (2025) qarorlari doirasida temir yo‘l tizimini to‘rtta alohida yuridik shaxsga ajratishning HSYI (hisob siyosati yetukligi indeksi) ko‘rsatkichini 52 balldan 73,6 ballga ko‘targanligini, biroq xalqaro talab darajasi bo‘lgan 85 ballga hali yetilmaganligini ko‘rsatuvchi miqdoriy dalillar keltirilgan. Shuningdek, alohida hisob yuritish orqali moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, xarajatlarni optimallashtirish, fiskal risklarni kamaytirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari temir yo‘l korxonalarida moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish, xalqaro kredit reytingini olish va xalqaro audit standartlari asosida hisob siyosatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dwight, L. (2025). Uzbekistan and Public-Private Partnerships: Country Lessons. IMF Country Report No. 25/144. — Washington, DC: IMF.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-329-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 10.10.2023. — https://lex.uz
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-391-son qarori. 2030 yilga qadar temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 27.12.2025.
4. World Bank. (2019). Managing fiscal risks from public-private partnerships. — Washington, DC: World Bank.
5. Job, M., Lefort, C. (Eds.). (2022). The Public-Private Partnership Law Review. — Law Business Research Limited.
6. Grimsey D., Lewis M.K. Accounting for public private partnerships // Accounting Forum. — 2002. — Vol. 26, № 3–4. — Pp. 245–270. DOI: 10.1111/1467-6303.00067
7. Heald D., Georgiou G. The substance of accounting for public–private partnerships // Financial Accountability & Management. — 2011. — Vol. 27, № 2. — Pp. 217–247. DOI: 10.1111/j.1468-0408.2011.00521.x.
8. Sheppard G., Beck M. Transparency trade-offs in the operation of national PPP units // Journal of Accounting and Public Policy. — 2023. — Vol. 42, № 4. DOI: 10.1016/j.jaccpubpol.2023.107083.
9. Roumboutsos A., Anagnos G., Sfakianakis G. Addressing PPP governance challenges through transparency and accountability // Transport Policy. — 2019. — Vol. 78. — Pp. 184–193. DOI: 10.1016/j.tranpol.2019.04.003.
10. Engel E., Fischer R., Galetovic A. Soft budgets and renegotiations in public-private partnerships // Economics of Transportation. — 2014. — Vol. 3, № 2. — Pp. 163–176. DOI: 10.1016/j.ecotra.2014.04.002.
11. Hodge G.A., Greve C. Public–Private Partnerships: An International Performance Review // Public Administration Review. — 2007. — Vol. 67, № 3. — Pp. 545–558. DOI: 10.1111/j.1540-6210.2007.00736.x.
12. Engel E., Fischer R., Galetovic A. The economics of infrastructure finance: Public–private partnerships versus public provision // EIB Papers. — 2010. — Vol. 15, № 1. — Pp. 40–69.
13. Yuan J., Zeng A.Y., Skibniewski M.J., Li Q. Selection of performance objectives and key performance indicators in public-private partnership projects to achieve value for money // Construction Management and Economics. — 2009. — Vol. 27, № 3. — Pp. 253–270. DOI: 10.1080/01446190902748705.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.