ALEKSANDR XODZKO TARJIMASIDA MILLIYLIK VA ASLIYATNING SAQLANISHI (“Go‘ro‘g‘li va Parizodabegim” dostoni misolida)
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1621Keywords:
A.Xodzko, Go‘ro‘g‘li, Parizodabegim, milliy kolorit, badiiy asliyat, epos, tarjimashunoslik, lingvofolkloristikaAbstract
Ushbu maqolada Aleksandr Xodzkoning 1842-yilda Londonda nashr etilgan “Specimens of the Popular Poetry of Persia” to‘plamidagi “Go‘ro‘g‘li” turkumi tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida “Go‘ro‘g‘li va Parizodabegim” dostoni tanlangan bo‘lib, undagi milliy kolorit, etnografik realliklar va badiiy asliyatning ingliz tiliga transferi masalalari qiyosiy-tarixiy tamoyillar asosida o‘rganiladi. Maqolada tarjimonning turkiy epos tabiatini G‘arb kitobxoniga yetkazishdagi o‘ziga xos yondashuvlari va ekvivalentlik darajasi ilmiy asoslangan. Shuningdek, doston matnida uchraydigan folklor unsurlari, milliy urf-odatlar, obrazlar tizimi hamda poetik ifoda vositalarining ingliz tilidagi talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ayrim realiyalar va madaniy birliklarning tarjimada semantik torayish, ma’no kengayishi yoki qisman transformatsiyaga uchragani aniqlanadi. Muallif tomonidan Xodzko tarjimasining XIX asr Sharqshunoslik an’analari doirasidagi o‘rni, uning Yevropa kitobxonida turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqish uyg‘otishdagi ahamiyati ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari badiiy tarjima nazariyasi, folklorshunoslik hamda qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Chodzko A. (1842). Specimens of the Popular Poetry of Persia, as Found in the Adventures and Improvisations of Kurroglou, the Bandit-minstrel of Northern Persia. London: Printed for the Oriental Translation Fund of Great Britain and Ireland.
2. Xodzko A. (1902). Эпоси и песни народов Персии. [V. A. Jukovskiy tarjimasi]. Санкт - Петербург -1902. Типография Императорской Академии Наук.
3. Zarifov H. T. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. Toshkent - 1970. Fan.
4. Mirzayev T. O‘zbek xalq qahramonlik eposi. Toshkent - 2004. Ma’naviyat.
5. Jirmunskiy V. M. Эпический фольклор узбеков и его взаимосвязи с фольклором народов востока. Москва -1967. Наука.
6. Tahmasib M. H. Azerbaycan xalq dastanları (orta esrler). Bakı - 1972.
7. Sultonov I. (2018). “XIX asr G‘arb sharqshunosligida o‘zbek dostonlari talqini”. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2018, 3-son, 45–52-betlar.
8. Yusupov Sh.. “A. Xodzko tarjimalarida milliy realiyalarning berilishi”. Toshkent -2021. Filologiya masalalari, 2-son, 112–120-betlar.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.