AHOLI FAROVONLIGI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1609Keywords:
Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, aholi farovonligi, xizmatlar sohasi, metodologiya, globallashuv, strategiya, inson salohiyati, islohot, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarga oid davlat siyosati, barqaror iqtisodiy o‘sishAbstract
Mazkur maqolada aholi farovonligi tushunchasining nazariy va amaliy jihatlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilingan. Xususan, aholi farovonligining iqtisodiy mazmuni, uning tarkibiy qismlari hamda zamonaviy sharoitda shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar chuqur yoritib berilgan. Tadqiqot davomida farovonlik tushunchasining tor va keng talqinlari o‘rganilib, uning nafaqat daromad va iste’mol darajasi, balki hayot sifati, ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va yashash muhiti kabi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan. Maqolada iqtisodiy omillar sifatida yalpi ichki mahsulot o‘sishi, bandlik darajasi, daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi hamda inflyatsiya darajasining aholi farovonligiga ta’siri tizimli ravishda tahlil etilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy omillar – ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya mexanizmlari va demografik jarayonlarning farovonlik darajasiga ta’siri ham alohida e’tiborga olingan. Tadqiqotda xizmatlar sohasining aholi farovonligini oshirishdagi o‘rni muhim yo‘nalish sifatida ko‘rsatilib, uning bandlikni ta’minlash, daromadlarni oshirish va hayot sifatini yaxshilashdagi roli asoslab berilgan. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyot va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston sharoitida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xizmatlar sektorining kengayishi va davlat siyosatining aholi turmush darajasiga ta’siri amaliy jihatdan baholangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, aholi farovonligini oshirish uchun xizmatlar sohasini rivojlantirish, raqamli xizmatlarni keng joriy etish, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Котлер Ф., Армсронг Г., Сондерс Дж., Вонг В. Основы маркетинга. – М., СПб., К.: Издат. дом «Вильямс», 1999.-718 с.
2. Мак-Дoнальд М., Пэйн Э.Сфера услуг. Полное пошаговое руководство по маркетинговому планированию.- М.: КноРус, 2009.-448 с.
3. Гойхман О.Я. К вопросу формирования терминологии сферы сервиса // Теоретические и прикладные проблемы сервиса. -2007. №1. – С., 31-34.
4. A.Paul, Samuelson, D.William Nordhaus. Economics. 19th Edition. McGraw-Hill Companies. USA. 2009. – 744 p.
5. McConnell, Brue. Economics. 19 th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014. – 984 p.; N.Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA, 2014. – 880 p.
6. Мухаммедов M.M., Мардонов Б.Б. Хизмат кўрсатиш соҳасида аҳоли бандлиги ва даромадлари. Монография. «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи». 2021, 186 б.
7. Пардаев M.Қ. Хизматлар кўрсатиш тармоқлари иқтисодиётининг айрим муаммолари. –Т.: Наврўз, 2014. –264.
8. Мирзаев Қ.Д., Султонов Ш.А. ва бошқалар Хизматлар соҳаси иқтисодиёти. Дарслик. Самарқанд. СамИСИ, 2022. –251 б.
9. Л.И.Галиахметова Благополучие, субъективное благополучие, удовлетворённость жизнью: проблема взаимосвязи. – Вестник Башкирского университета. 2015. Т. 20.
10. Е.Н.Уремина Личностные характеристики как предикторы субъективного благополучия личности с разной ситуацией трудовой занятости. Иза. Сарат. Ун-та. Нов. Сер. Сер. Акмеология образование. Психология развития. 2017. Т. 6, вып. 1 (21).
11. O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi 2023 yil ma’lumotlari.
12. https://lex.uz/ru/docs/-6600413 – Qonunchilik ma’lumotlari milliy elektron bazasi.
13. www.jmbm.uz – Journal of marketing, business and management (JMBM).
14. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi sayti.
15. https://www.worldbank.org – Jahon banki sayti.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.