UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA PSIXODIDAKTIK YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v18i.1589Keywords:
psixodidaktika, o‘zbek tili, ikkinchi til, interfaol metodlar, motivatsiya, kognitiv jarayonlarAbstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda psixodidaktik yondashuvning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali o‘qitish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda psixologik va didaktik omillarning integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirish masalasi yoritilgan. Metodologiya sifatida ilmiy adabiyotlar tahlili, kuzatish, so‘rovnoma va psixologik diagnostika usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol metodlar o‘quvchilarning kognitiv faolligini, motivatsiyasini va emotsional holatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot davomida psixodidaktikaning asosiy komponentlari — kognitiv, motivatsion, emotsional va ijtimoiy omillar aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslandi. Shuningdek, interfaol metodlarning didaktik samaradorligi, xususan, bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi va uzoq muddatli xotirada saqlanishiga ta’siri isbotlandi. Tadqiqot natijasida interfaol ta’limning psixodidaktik modeli ishlab chiqildi. Xulosa sifatida psixodidaktik yondashuvni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘quv samaradorligini oshiruvchi muhim omil ekanligi asoslab berildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 24-sentabr) // https://lex.uz/docs/5013007.
2. Yuldasheva M, Gafurova N.I. – Umumiy pedagogika (Pedagogika nazariyasi): /O‘quv qo‘llanma/.Farg’ona-2026 yil. 290 b.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2024, 27-mart). Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (157-son qaror). https://lex.uz/docs/-6854214
4. Xidoyatova D.A. (2023). Samarali interaktiv metodlar 1.0: metodik qo‘llanma - Toshlent:vneshinvestprom. – B. 77
5. Xidoyatova, D.A. (2025). Interaktiv taʼlim modeli: nazariy asoslari va amaliyotda qoʻllanilishi/ monografiya / D.Xidoyatova. – Toshkent, 2025. – 158 b.
6. Vygotsky, L. S. (1978). “Mind in society” Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press. ISBN-13 978-0674576292.
7. Piaget, J. (1952). The Origins of Intelligence in Children (M. Piercy, & D. E. Berlyne, Trans.). New York, NY: International Universities Press, Inc. https://doi.org/10.1037/11494-000
8. Bruner, J. (1960). “The process of education”. Cambridge, MA: Harvard University Press.
9. Dewey, J. (1938). “Experience and education”. New York: Macmillan. http://ruby.fgcu.edu/courses/ndemers/colloquium/experienceducationdewey.pdf
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.