SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1516Keywords:
sog‘lom turmush tarzi, oliy ta’lim muassasasi talabalari, jismoniy salomatlik, aerobik mashqlar, sog‘lomlashtirish metodikasi, mashg‘ulotlar tizimiAbstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy jihatdan barkamol mutaxassislar sifatida tayyorlash masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu jarayonda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi. Maqolada talabalarga amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni berish bilan birga, ularning jismoniy madaniyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritiladi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirish, talabalarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlashda jismoniy madaniyat va sportning tutgan o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyati orqali talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, sport immunitetini shakllantirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhim pedagogik vazifa sifatida ko‘rib chiqiladi.
Maqolada shuningdek, talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik strategiyalar, innovatsion yondashuvlar va samarali o‘qitish uslublarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari ham yoritilgan. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularni faol, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Mazkur tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. William D. McArdle, Frank I. Katch, Victor L. Katch. Exercise Physiology: Nutrition, Energy, and Human Performance. – Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2015.
2. David Kirk. Physical Education Futures. – London: Routledge, 2010.
3. World Health Organization. Global Recommendations on Physical Activity for Health. – Geneva: WHO Press, 2010.
4. Daryl Siedentop. Sport Education: Quality PE Through Positive Sport Experiences. – Champaign: Human Kinetics, 1994.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-86-sonli farmoni. // www.lex.uz
6. Sh.A.Qayumov “Bo‘lаjаk jismoniy tаrbiyа o‘qituvсhilаrining kаsbiy kompеtеntligini rivojlаntirishning innovatsion yondаshuvi” Monogrаfiyа. T.: Ziyo chashmasi. 2023. 109 b.
7. Sh.A.Qayumov “Innovatsion tizimlar asosida talabalarda sport va salomatlik immunitetini rivojlantirishning pedagogik strategiyasi” Monogrаfiyа. T.: Jizzax davlat pedagogika universiteti davlat muassasasi. 2025. 165 b.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.