EPISTOLYAR MEROSDA DIDAKTIK MASALALAR VA ULARNING BADIIY IFODASI (Mukarrama Murodova maktublari misolida)
- Authors
-
-
Dilshunos Inomova
Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Ushbu maqolada badiiy adabiyotda maktub adabiy yo‘nalishi, uning kelib chiqishi, adabiy jarayondagi o‘rni va uning turlari haqida so‘z boradi. Shuningdek taniqli shoira Mukarrama Murodova epistolyar merosida didaktik masalalar va ularning badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Epistolyar janr adabiy jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va u Mukarrama Murodova ijodiy faoliyatida o‘ziga xos tarzda o‘rin egallagan. Shoira maktublar vositasida farzandlarini, yosh kitobxonlarini vatanparvarlikka, ilm egallashga, vaqtdan unumli foydalanishga va bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lgan til o‘rganishga undaydi. Shuningdek, maqolada Mukarrama Murodova maktublarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ularda ilgari surilgan ma’rifiy, axloqiy va tarbiyaviy qarashlar tizimli ravishda tahlil etiladi. Shoiraning epistolyar merosida inson kamoloti, ma’naviy poklik, ota-ona va farzand munosabatlari, ustoz-shogird an’analari kabi masalalar didaktik ruhda, ammo badiiylik mezonlari asosida ifodalangani ko‘rsatib beriladi. Maktublarda samimiy ohang, hayotiy misollar, obrazli tasvir va ta’sirchan murojaat shakllari orqali tarbiyaviy g‘oyalar o‘quvchi ongiga yetkaziladi.
- References
-
Bozorov O. Epistolyar romanda voqelikni badiiy tasvirlash imkoniyatlari va qahramon muammosi (“Yosh Verterning iztiroblari” hamda “Bonu” romanlari misolida) filol.fan. bo‘yicha fals. dri diss. (PhD). Qarshi, 2022, 28-b.
2. Dusmuratov Q. O‘zbek epistolyar nasrining shakllanishi va taraqqiyoti. Tamaddun nuri, 2024-yil, 7-son (58).
3. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/mukarrama-murodova-poetry.html;
5. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/mukarrama-murodova-poetry.html
- Downloads
- Published
- 2025-11-10
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
