DAVLAT XIZMATCHILARINING HUJJATLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH

DAVLAT XIZMATCHILARINING HUJJATLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Authors

  • Umid Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Farg‘ona hududiy filiali direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1423

Keywords:

Davlat xizmatchilari, ish hujjatlari, hujjatchilik, davlat idoralari, hujjatlar harakati, ijro, hujjatlar ijrosi, hujjatlashtirish, hujjatlarni saqlash, meyoriy hujjatlar, ish yuritish, elektron hujjat aylanmasi, rasmiy til uslubiyoti, hujjat tayyorlash, hujjatchilik savodxonligi, normativ-huquqiy hujjatlar.

Abstract

Mazkur maqolada davlat boshqaruvi tizimida hujjatlar bilan ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda davlat xizmatchilarining ish yuritish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi davlat idoralarida hujjatlar aylanishini tashkil etish, ijro intizomini ta’minlash va elektron hujjat aylanmasi tizimlaridan foydalanishning amaliy holatini tahlil qilishdan iborat.

Maqolada tizimli va solishtirma tahlil, ekspert baholash hamda sotsiologik so‘rov usullaridan foydalanilgan. So‘rovnoma natijalari davlat xizmatchilarining ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha bilimlari yetarli darajada emasligini hamda hujjatlarni rasmiylashtirish, tahlil qilish va ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi.

Tadqiqot natijalari asosida hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish, elektron hujjat aylanmasini joriy etish va kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar davlat boshqaruvi faoliyati samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni;

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni;

3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 140-sonli qarori;

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr;

5. Prezident Shavkat Mirziyoyevning hujjatlar ijrosini amaldagi holati tahlili va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, samarali ijro tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdagi nutqi. 2021-yil 18-yanvar;

6. Maxmudov N. Rafiyev A., Yuldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (akademik litseylar uchun darslik). - Toshkent, 2002. -B . 12.;

7. Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari.-Toshkent: Fan, 1988. - B. 153.

Published

2026-01-15

Iqtiboslik olish

Fozilov, U. (2026). DAVLAT XIZMATCHILARINING HUJJATLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 275–279. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1423
Loading...