MUHIDDIN OMONNING TARJIMONLIK FAOLIYATI

Authors
  • Gulnoza Ziyauddinova

    Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqola XX asrning mashhur adib va olimi Muhiddin Omonning tarjimonlik faoliyatini tahlil qiladi. Tadqiqotning maqsadi Muhiddin Omonning tarjimonlikda milliy adabiyot va madaniyatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini, shuningdek, tarjima san’atidagi uslubiy yondashuvlarini yoritishdir. Shuningdek, maqolada Muhiddin Omonning “Bizni yod etsalar…” to‘plamiga kiritilgan Luis de Kamoens she’rlardan qilingan tarjimalar xususida so‘z yuritiladi. Badiiy tarjimada mutarjimning imkoniyatlari, jahon adabiyoti janrlarini o‘zbek tiliga o‘girishdagi mahorati tahlilga tortiladi.

Maqolada tarjimonlik faoliyati bilan bog‘liq tarixiy va pedagogik aspektlar, tarjimaning sifatini oshirishga xizmat qilgan adabiy uslublar ham tahlil qilinadi. Shuningdek, Omonning tarjimonlikdagi milliy va badiiy didga urg‘u berishi, tarjimada milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yo‘nalishidagi pedagogik ahamiyati ko‘rsatiladi.

References

1. Muhiddin Omon. Bahorlar qaytadi. -Toshkent: Sahhof, 2023. -256 b.

2. Muhiddin Omon. Bizni yod etsalar. -Toshkent: Sahhof, 2018. -198 b.

3. Adabiy turlar va janrlar. Uch tomlik, II tom. Lirika. -Toshkent: Fan, 1992.-B.63.

4. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi.-Toshkent: Akademnashr, 2019. B.277.

5. www.facebook.com

6. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/ -poetry.html

Published
2026-01-15
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

MUHIDDIN OMONNING TARJIMONLIK FAOLIYATI. (2026). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 17, 195-196. https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1401