O‘Z USTIDA ISHLASH VA O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASHNING ASOSIY USULLARI
- Authors
-
-
Nigora Muhtarova
Turon universiteti Andijon filiali magistranti
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarining mazmuni, tarkibiy qismlari hamda bosqichlari yoritilgan. Shaxsning o‘z ustida ishlashi, o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini baholash mexanizmlarining psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini rivojlantirish usullari, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va o‘z faoliyatini baholashdagi qiyinchiliklar, shuningdek, o‘z-o‘zini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan. O‘z-o‘zini tarbiyalashning shaxs taraqqiyoti va pedagogik mahorat shakllanishidagi o‘rni asoslab berilgan. O‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash – bu insonning shaxsiy rivojlanish yo‘lida bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlardir. O‘z ustida ishlash – bu bilim, ko‘nikma, sog‘liq va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash orqali hayot sifatini oshirishga intilishdir. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tarbiyalash insonning ichki dunyosini, xulq-atvorini va axloqiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilganligi maqolada ko‘rsatib berilgan.
- References
-
1. Данилов М.А. (1996) Педагогика. – М.
2. Ковалев А.Г. (1975) Психология личности. – М.: Мысль. – С. 19.
3. Макаренко А.С. Лекции о воспитании детей. – М., 1987.
4. Рубинштейн С.Л. (1989.) Основы общей психологии. – М.
5. Выготский Л.С.( 1991) Мышление и речь. – М.
6. Yadgarova O.I. (2023) Shaxsda o‘z-o‘zini baholashning ahamiyatli jihatlari Journal of Integrated Education and Research 2(12)
7. G‘oziyev E. G‘. (2002) Umumiy psixologiya 1-2 tom. Toshkent.
8. Чеснокова И.И. (1977) Проблемы самосознания личности. – М.
- Downloads
- Published
- 2026-01-15
- Section
- Maqolalar
- License
-
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
