TA’LIM JARAYONINING SAMARADORLINI OSHIRISHDA MUAMMOLI TA’LIMNING AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v17i.1346Keywords:
muammoli ta’lim, innovatsion metodlar, bilish faolligi, mustaqil fikrlash, pedagogik texnologiya, izlanish, ta’lim samaradorligi.Abstract
Maqolada muammoli ta’lim zamonaviy pedagogik texnologiyalar orasida o‘quvchilarning bilish faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga eng samarali yondashuvlardan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu metod o‘quvchilar oldiga maxsus ishlab chiqilgan muammoli vaziyatlarni qo‘yish, ularni tahlil qilish, farazlar ilgari surish va yechim topishga yo‘naltirish orqali ta’lim sifatini oshirishi borasida fikr yuritilgan. Jarayon davomida o‘quvchi passiv tinglovchidan faol ishtirokchi darajasiga ko‘tarilishi, bu esa o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli kuchaytirishi tahlil qilingan.
Amaliy qismda muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning bilimlarni chuqur va ongli o‘zlashtirishi, ta’lim jarayonidagi faolligi va o‘quv motivatsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Muammoli ta’limning afzalligi shundaki, u o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil, ijodkorlik va mas’uliyat kabi muhim kompetensiyalarni shakllantiradi. Bunday yondashuv o‘quvchini mustaqil izlanishga undaydi, bilimlarni chuqurroq anglash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Shu bilan birga, muammoli vazifalar o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirib, motivatsiyani mustahkamlaydi.
Tadqiqot natijalari muammoli ta’lim metodlaridan samarali foydalanish o‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga, bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Cardenal, J. (2024). Active learning and academic achievement in problem-based learning environments. Journal of Educational Psychology, 116(2), 210–225.
2. Dewey, J. (1938). Experience and education. New York, NY: Macmillan.
3. G‘afforova, M. (2023). Muammoli vaziyatlar orqali o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish. Pedagogical Research Journal, 12(1), 56–62.
4. Maxmutov, M. I. (1975). Muammoli ta’limning nazariy va amaliy asoslari. Toshkent: Fan. (pp. 1–280).
5. Qodirova, H. Y. (2023). Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida. Science and Education, 4(8), 248–252. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6240
6. Savery, J. R. (2015). Overview of problem-based learning: Definitions and distinctions. Interdisciplinary Journal of Problem-Based Learning, 1(1), 9–20. https://doi.org/10.7771/1541-5015.1002
7. Turakulova, F. (2023). Muammoli ta’lim orqali dars mazmunini interaktiv tashkil etish. Pedagogical Science, 7(1), 112–120.
8. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes (M. Cole, V. John-Steiner, S. Scribner, & E. Souberman, Eds.). Cambridge, MA: Harvard University Press. (pp. 1–159).
9. Kalendarova, Z. K. (2022). Ўқувчиларнинг фикрлаш қобилиятини муаммоли вазиятларни яратиш методи асосида шакллантириш технологиясини такомиллаштириш нуқтаи-назаридан таҳлил қилиш.
Uzluksiz ta’lim tizimida “boshlang‘ich ta’lim” mazmunini sifat jihatidan yangilash: muammo, yechimlar va istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, 92–95.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7307482
10. Kalendarova, Z. K. (2022). Innovative model of shaping students' creative thinking skills in primary education in the process of creating problem situations and its content.
Innovative Achievements in Science 2022, International Scientific Conference Proceedings (27 October 2022). Chelyabinsk, Russia: CESS. (Part 11, pp. 1–137).
11. Kalendarova, Z. K. (2025). Developing students’ thinking ability through the use of innovative technologies in primary education. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 12(4), 125–129. https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/2859
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.