OTM TALABALARIDA IQTISODIY-HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1313Keywords:
iqtisodiy-huquqiy madaniyat, Oliy ta’lim muassasalari, me’yoriy-huquqiy asoslar, talabalar, pedagogik shart-sharoitlar, huquqiy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik, xalqaro standartlar, kompetensiya, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM).Abstract
Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy-huquqiy madaniyatni shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, elektron tijorat, mehnat munosabatlari va kiberxavfsizlikka doir hujjatlarning talabalarda iqtisodiy va huquqiy savodxonlikni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Mazkur me’yoriy-huquqiy baza talabalarda iqtisodiy-huquqiy ong va mas’uliyatni shakllantirish uchun muhim asos yaratishi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, maqolada BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari kabi xalqaro yondashuvlar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashuvi ochib beriladi. Tadqiqotda iqtisodiy-huquqiy madaniyatni rivojlantirishda pedagogik shart-sharoitlar — fanlararo integratsiya, konstruktivistik metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, huquqiy treninglar hamda raqamli ta’lim resurslarining o‘rni alohida ta’kidlanadi. Xulosalar talabalarda iqtisodiy-huquqiy kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligi, me’yoriy-huquqiy asoslarning uzviyligi va tizimliligi bilan bevosita bog‘liqligini tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (2023-yil 30-aprel) // https://lex.uz/docs/6445145.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni // https://lex.uz/docs/3026246?ONDATE=26.01.2022.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni // https://lex.uz/docs/3026246?ONDATE=26.01.2022.
4. Oʻzbekiston Respublikasining (2017-yil 3-yanvar) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni
5. Oʻzbekiston Respublikasining (1996-yil 26-aprel) “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuni. https://lex.uz/docs/-4704?ONDATE2=29.08.2023&action=compare
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2019-yil 8-oktabr) Farmoni // https://lex.uz/docs/4545884.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi (2017-yil 20-aprel) Qarori // http://www.lex.uz/docs/3171590.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi (2022-yil 28-yanvar) Farmoni // https://lex.uz/docs/5841063.
9. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz // O‘zR Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutq. – T.: O‘zbekiston, 2016. – 56 b.
10. O‘zbekiston Respublikasi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 841-son (2018-yil 20-oktyabr) Qarori //LexUZ.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 2020-yil 1-yanvar. https://lex.uz/docs/-4674902
12. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 2023-yil 30-aprel. https://lex.uz/ru/docs/-6257288?ONDATE=30.04.2023
13. BMT vakili: “Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar huquqlari konvensiyasini ishlab chiqish taklifi dunyo davlatlarida qiziqish uyg‘otmoqda” 2020-yil 18-avgust. https://kun.uz/news/2020/08/18/
14. Hurriyat. (2021, 20-iyul). Behzod. Navoiyning moliyaviy ibodati.
15. Gafurova N.I. Boʻlajak mutaxassislarning iqtisodiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi va ahamiyati // Qoʻqon DPI xabarlari. – Qoʻqon davlat universiteti ilmiy jurnali. – Qoʻqon. 2023. №2. – B.206-209. (13.00.00; OAK rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/6-son qarori)
16. Gafurova N.I. The concept of economic and legal culture and its interpretation // Science and innovation international scientific journal. Volume 4, Issue 4, April-2025. – P.78-87.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.