KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1310Keywords:
Kommunal xizmatlar, kommunal xizmatlar boshqaruvi, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, boshqaruv samaradorligi, SWOT tahlili.Abstract
Mazkur maqolada Respublikada kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek ishda kommunal xizmat ko‘rsatishda boshqaruv tuzilmalari, boshqaruv samaradorligini oshirishga tasir etuvchi omillar asoslanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida uy-joy kommunal xizmatlari tizimini boshqarish samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar, xususan, elektr energiyasi ta’minotini oshirish, ko‘p qavatli uylarning energiya samaradorligini baholash tizimini joriy etish kabi maqsadlar kommunal xizmatlar boshqaruvini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda ekspert baholash, solishtirish, tizimli tahlil, SWOT tahlili kabi ilmiy usullardan foydalanildi. Samarqand viloyati misolida kommunal xizmat ko‘rsatish subyektlari boshqaruvining amaldagi holati tahlil qilinib, boshqaruvning uch pog‘onali tizimi mavjud muammolarni chuqurlashtirayotgani aniqlangan. Taklif etilayotgan ikki pog‘onali boshqaruv modeli boshqaruv jarayonini soddalashtirishi, ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan. Tadqiqot davomida kommunal xizmatlar boshqaruviga ta’sir etuvchi bevosita va bilvosita omillar aniqlanib, soha bo‘yicha SWOT tahlili ishlab chiqildi. Maqola yakunida sohaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni kuchaytirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Kommunal xizmatlar, kommunal xizmatlar boshqaruvi, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, boshqaruv samaradorligi, SWOT tahlili.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.