BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA KORREKSION-LOGOPEDIK ISHLAR

Authors
  • Komola Salomova

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Logopediya yo‘nalishi magistranti

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqolada duduqlanishning kelib chiqish omillari, uning anatomo-fiziologik hamda sotsial-ruhiy sabablariga oid ilmiy qarashlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Duduqlanishning paydo bo‘lishida irsiyat, markaziy nerv sistemasining funksional yetilmaganligi, infeksion va somatik kasalliklar, psixik travmalar, oiladagi noqulay sharoit va noto‘g‘ri nutqiy tarbiya kabi omillarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqotlarda “zamin” va “zarba” omillarining farqlanishi, ularning duduqlanishni yuzaga keltirishga bo‘lgan bevosita hamda bilvosita ta’siri ilmiy asosda ochilgan, olingan xulosalarda foydalanilgan. Duduqlanuvchi bolalarda umumiy va artikulyatsion motorika buzilishlari, harakatlarning muvofiqlashtirilmaganligi, muskullar tonusi o‘zgarishlari va kinestetik funksiyalar zaifligi haqida mutaxassislar fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, logopedik ritmikaning duduqlanishni korreksiyalashdagi ahamiyati, nutqiy va musiqiy-harakat mashqlari orqali nafas, motorika, muvozanat, irodaviy boshqaruv kabi funksiyalarni rivojlantirishning metodik asoslari ko‘rsatib berilgan. Diqqatni faollashtiruvchi mashqlar, musiqaning ritmik va emotsional ta’siri hamda o‘yin elementlaridan foydalanish duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshiruvchi muhim vosita sifatida ta’riflanadi.

References

1. Миронова С. Планирование логопедической работы с заикающимися детьми. – Москва. 1999 . – 45 с.

2. Пўлатова Х.М. Логопедик ритмика. – Тошкент, 2014.

3. Логопедия. /Под ред. Л.С. Волковой., С.Н. Шаховской. – М., 2013.

4. Самойленко Н. С. Заикание у детей: диагностика и коррекция. – Москва: Владос, 2012. – 256 с.

5. Гитар Б. Заикание: этиология и лечение. – Санкт-Петербург: Речь, 2007. – 432 с.

6. Волкова Г. А. Логопедия: нарушения речи у детей. – Москва: Академия, 2019. – 368 с.

7. Шматко Д. М. Логоритмика в системе коррекции речи. – Москва: Владос, 2015. – 192 с.

Published
2025-11-10
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA KORREKSION-LOGOPEDIK ISHLAR. (2025). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 16, 47-49. https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1297