RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARI O‘RNIDA CHATGPT KABI SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA CHEKLOVLARI”

Authors
  • Zamira Eraliyeva

    Qo‘qon universiteti katta o‘qituvchisi

  • Madinabonu Behzodova

    Qo‘qon universiteti talabasi

Keywords:
Array
Abstract

Ushbu maqola “Raqamli ta’lim platformalari o‘rnida ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalarining pedagogik imkoniyatlari va cheklovlari” mavzusida zamonaviy ta’lim tizimining muhim jihatlari, o‘rni va samaradorligi tahlil qiladi. Maqolada sun’iy intellekt vositalari - xususan, ChatGPT, Grammarly, Notion AI kabi platformalarning talabalar hayotidagi o‘rni yoritiladi. Ularning dars tayyorlash, insho yozish, tarjima qilish kabi jarayonlardagi roli, qulayliklari hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur bo‘lgan jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada sun’iy intelektning pedagogik faoliyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish sharoitida ta’lim jarayonlarini boshqaruvchi intellektual taʼlim tizimlarining imkoniyatlari va xususiyatlari haqida so‘z boradi. Oliy ta’lim muassalarida intellektual tizimlardan foydalanish ta’lim sifatining oshishi, ta’lim jarayonlaridagi shaffoflikni ta’minlashi, talabalar uchun yaratiladigan qulayliklarning tahlili ko‘rildi. Shuningdek, ta’lim sifatini ta’minlashda sun’iy intellekt tizimlarining o‘rni va hozirgi kunda keng tarqalgan ayrim intellektual ta’lim platformalari xususida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada mavjud adabiyotlar tahlil qilinadi, ta’lim sharoitida qo‘llaniladigan sun’iy intellektga asoslangan turli usullar muhokama qilinadi, tadqiqotlar natijalari keltirilgan va sun’iy intellektning pedagogikaga ta’siri haqida tushunchalar berilgan.

References

1. YUNESCO “Artificial Intelligence in Education” https://www.unesco.org/en/digital education/artificial-intelligence

2. D.Qo‘shboqova, D.Boltayeva, Z.Shermamatova (2023) “The role of technology in language learning”, “Journal of language pedagogy and innovative applied linguistics”. 1(4), 181-184.

3. Hansuk Um, Hisam Kim, Dain Choi, Hyungna Oh “An AI-based English education platform during the COVID-19 pandemic”, Universal access in the information society. VL-23. pp. 1233-1248. https://dl.acm.org/doi/10.1007/s10209-023-01046-2

Published
2025-11-10
Section
Maqolalar
License

Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

How to Cite

RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARI O‘RNIDA CHATGPT KABI SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA CHEKLOVLARI”. (2025). QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 16, 16-19. https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1289