TURKIY SINGARMONIZM MASALASI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1288Keywords:
turkiy tillar, o‘zbek tili, alifbo, til va imlo, singarmonizm, maqolalar, turli xil qarashlar.Abstract
Ushbu maqolada turkiy, xususan, o‘zbek tilida kuzatiladigan singarmonizm hodisasining tarixiy taraqqiyoti, fonetik tizimdagi o‘zgarishlari va hozirgi davrdagi izlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda singarmonizmning qadimgi turkiy til davridagi tabiiy fonetik qonun sifatidagi mavqei, zamonaviy o‘zbek tilidagi zaiflashuvi hamda funksional imkoniyatlarining torayishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi.
Maqolada, shuningdek, XX asr boshlarida alifbo islohoti, imlo me’yorlari va singarmonizm masalasi yuzasidan olib borilgan ilmiy bahslar, jadid ziyolilari, fonetist olimlar va Turkologiya maktabi vakillarining qarashlari qiyosiy tarzda tahlil etilgan. Shu davrdagi lotin yozuviga o‘tish jarayoni, imlo tamoyillarining shakllanishi va fonetik prinsipga tayanish masalasida bildirilgan turli yondashuvlar o‘zaro solishtiriladi.
Muallif singarmonizmning O‘rta Osiyo turkiy tillaridagi fonologik o‘rni, uning yo‘qolishiga olib kelgan ijtimoiy-lingvistik omillar, shuningdek, bugungi o‘zbek tilida saqlanib qolgan ayrim izlari va dialektal ko‘rinishlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Maqola turkiy tillar fonetikasini o‘rganish, o‘zbek tili tarixini tadqiq etish va fonologik tizimning evolyutsiyasini tushunishga qaratilgan muhim ilmiy izlanish sifatida baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mazkur maqolalarning asl namunalari J.Xudoyberdiyevning “O’zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi” monografiyasining ilova qismida berilgan. T. 2024. 115-224-b.
2. Yuldasheva D. O’zbek tilida ish yuritish. – Samarqand. 2021, 8-b.
3. Xudoyberdiyev J. O’zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi. Monografiya. – Toshkent. 2024, 18-b.
4. Маҳмудов Қ. Тил яқинлиги – дил яқинлиги // Фан ва турмуш, 1996, № 4. –Б. 14-15.
5. Отамирзаева С. “А” юмшоқми ё қаттиқ // Фан ва турмуш, 1998, № 1, –Б. 30-31.
6. Отамирзаева С. Сингармонизмни тиклаш шартми? // Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 1996 йил 19 январь.
7. Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б. Ўзбек диалектологияси дарслиги. – Тошкент. 2004, - Б. 78-79.
8. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тилида сингармонизм // Ўзбек тили ва адабиёти. 1998, № 4. –Б. 23, 25.
9. 1921-yil yanvarda bo‘lg‘on birinchi o‘lka o‘zbek Til va imlo qurultoyining chiqarg‘on qarorlari. –Toshkent. 1922. –B. 35-36.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.