RAQAMLI HIKOYA YARATISHNI MAKTABGACHA TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISH: KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA IJODKORLIK, MULOQOT VA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1276Keywords:
raqamli hikoya, maktabgacha ta’lim, ijodkorlik, muloqot, emotsional intellekt, raqamli kompetensiya.Abstract
Ushbu tadqiqotda maktabgacha ta’lim jarayoniga raqamli hikoya yaratish (digital storytelling) metodini integratsiya qilish orqali bolalarda ijodkorlik, muloqot va emotsional intellektni rivojlantirish samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot 2024-2025 o‘quv yili davomida Farg‘ona viloyatidagi 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilib, 120 nafar 5–6 yoshli bola va 12 nafar tarbiyachi ishtirok etdi. Aralash metodologiya asosida test, kuzatuv va suhbat usullari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, raqamli hikoyalash usuli bolalarning og‘zaki nutq faoliyatini 27 foizga, ijodiy fikrlashini 31 foizga hamda emotsional anglash darajasini 22 foizga oshirgan. Shuningdek, bolalarda tasavvur, hamkorlik va his-tuyg‘ularni ifodalash ko‘nikmalari sezilarli rivojlandi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, raqamli hikoya yaratish maktabgacha yoshdagi bolalarda XXI asr kompetensiyalarini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib, O‘zbekistonning “Raqamli ta’lim – 2030” strategiyasi talablari va maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘liq mos keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–60-son qarori (2022-yil 20-dekabr). Maktabgacha ta’limni raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
2. UNESCO. (2024). Early Childhood Digital Competency Framework. Parij: UNESCO Publishing.
3. Denham, S. A. (2022). Emotional Competence in Early Childhood Education. Routledge.
4. Robin, B. (2023). Digital storytelling in education. Educational Media International, 60(2), 145–162.
5. Sadik, A. (2024). Digital storytelling in early childhood classrooms: A constructivist approach. Computers & Education, 201, 104693.
6. Vygotskiy, L. S. (1978). Jamiyatdagi tafakkur va nutq. Moskva: Pedagogika.
7. Rasuljonovna, E. Z. (2025). BOLALARDA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI. Journal of universal science research, 3(6), 49-57.
8. Rasuljonovna, E. Z. (2025). KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA TRIZ (IMEN) USULLARIDAN FOYDALANISH. Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 44(1), 128-133.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.