TA’LIM MUASSASASI RAHBARLARIDA STRESSNI BOSHQARISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v16i.1263Keywords:
pedagogika nazariyasi, stressga barqarorlik, ta’lim tizimi rahbarlari, emotsional intellekt, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik model.Abstract
Mazkur maqolada ta’lim tizimi rahbar xodimlarining stressga barqarorligini shakllantirish jarayoni pedagogika nazariyasi va amaliyoti nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – rahbar shaxslarning stress holatlarini yengib o‘tish, o‘z-o‘zini boshqarish va kasbiy samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik asoslarni aniqlashdir. Ishda nazariy tahlil va empirik usullar uyg‘unligida Farg‘ona viloyatidagi 100 nafar ta’lim muassasasi rahbarlari ishtirokida so‘rovnoma, test va kuzatuv metodlari qo‘llanilgan. Olingan natijalar rahbarlarning stressga barqarorlik darajasi, hissiy intellekt va kasbiy tajriba o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi (p<0.05). Stressga barqarorlikning pedagogik mexanizmlari sifatida refleksiya, emotsional madaniyat, hamkorlik muhitini shakllantirish hamda rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish kabi omillar aniqlangan. Maqola natijalari asosida ta’lim tizimi rahbarlari uchun stressga barqarorlikni rivojlantiruvchi pedagogik model taklif etilgan bo‘lib, bu model rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqot natijalari pedagogika nazariyasini boyitadi hamda rahbar shaxsning kasbiy barqarorligini ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bodrov, V. A. (2019). Psychological stress and adaptation in management activity. Moscow: Academia.
2. Selye, H. (1976). The stress of life. New York: McGraw-Hill.
3. Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). Stress, appraisal, and coping. New York: Springer.
4. Amirkhan, D. (1990). A coping strategy indicator. Journal of Personality and Social Psychology, 59(5), 1066–1074.
5. Chang, E. S. (2012). Optimism and resilience in educational leaders. Educational Management Review, 22(3), 45–59.
6. Fetiskin, N. P., Kozlov, V. V., & Manuilov, G. M. (2002). Socio-psychological diagnostics of personality development. Moscow.
7. Madalieva, Z. B. (2023). Pedagogical mechanisms for emotional stability of educational leaders. Pedagogika va psixologiya jurnali, 2(3), 17–28.
Downloads
Published
Iqtiboslik olish
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.